oromchi

O‘zbekistondagi bolalar lagerlari

Tabiatdagi bolalar lagerlari: smenalar, dasturlar, dam olish.

Topildi: 56 ta joy

“SHO‘XAY” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Farg‘ona viloyati

“SHO‘XAY” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“SHO‘XAY” 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi, Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, G‘uncha Sho‘xay qishlog‘ida ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va daraxtlarga boy bo‘lgan 1.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda stol tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida maxsus yo‘laklar mavjud. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatri, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “SHO‘XAY” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

dan 1 500 000 so‘m / bir kishidan
“AYDIN JOL”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“AYDIN JOL” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“AYDIN JOL” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Taxiatosh tumani markazidan 2 km uzoqlikda, katta kanal bo‘yidagi go‘zal hududda joylashgan. Ko‘p yillik daraxtlar bilan to‘ldirilgan 7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Shu bilan birga, turar joylar bolalar uchun qulayliklarga ega, 10-16 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida tasdiqlangan taomnoma asosida kuniga 5 mahal taomlar sanitariya gigiyena talablariga mos holda taqdim etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bolalar xavfsizligi uchun tunu-kun navbatchilik tashkil etiladi. Tajribali va mehridaryo yetakchi hamda tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlari, sport musobaqalarini o‘tkazib boradilar. Shuningdek, dasturlar qatorida bolalarning intellektual, mantiqiy fikrlashini mustahkamlaydigan tadbirlar yangicha yondashuvlar bilan olib boriladi. To‘garak rahbarlari bolalarning bo‘sh vaqtlarini musiqa, milliy o‘yinlar, kibersport, rassomchilik san’ati kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan tashkil qiladilar. Bolalar sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bolalarning dam olishlari uchun diskoteka, shou va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar uchun maxsus dasturlar tayyorlanadi. Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentiga qarashli Taxiatosh tumanida joylashgan “AYDIN JOL” oromgohi o‘z faoliyatini 1986-yildan buyon yuritib kelmoqda.

—
“OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi

“OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Mo‘ynoq tumani markazidan 18 km uzoqlikda, ekologik toza hududda joylashgan. Archa daraxtlariga boy 12,7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar qulayliklarga ega, 6-8 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal bir-biridan mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik tashkil qilinadi. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’ati kabilar shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, turli tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

—
"SAYOHATCHI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"SAYOHATCHI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"SAYOHATCHI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Yakkabog‘ shahridan 30 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy 79.6 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega, 30-40 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Jumladan, aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "SAYOHATCHI" da yozgi sarguzashtda kutamiz!

—
“OQ KABUTAR” oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“OQ KABUTAR” oromgohi

"OQ KABUTAR" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, To‘rtko‘l shahridan 14 km uzoqlikdagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik chinorlarga ega 3.05 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar ko‘plab qulayliklarga ega, 2-8 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bolalar xavfsizligi uchun tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xildagi mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, rassomchilik san’ati shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Futbol va voleybol maydonchalari bolalar uchun tayyor. Undan tashqari, Xiva shahriga hamda boshqa diqqatga sazovor obidalarni tomosha qilish uchun sayohatlar tashkil qilinadi. Dam oluvchi bolajonlar ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar hamda teatr aktyorlari ishtirokida qiziqarli tadbirlar tayyorlanadi. “OQ KABUTAR” oromgohimizda bolalarning maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, malakali va o‘z kasbning fidoiy tarbiyachi va yetakchilar bolalar bilan birga ajoyib, bir-biridan qiziqarli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga doimo shay. Oromgoh suv havzalari, bolalar o‘yingohi, futbol maydonchasi, shu bilan birga madaniy tadbirlar uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan.

—
“Turon” oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“Turon” oromgohi

“Turon” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Nukus shahri markazidan 13 km uzoqlikda, shahar chekkasida, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik chinorlar bilan to‘ldirilgan 2,8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar yozgi cherdaklar ostida, yoz mavsumida salqin bo‘ladigan qulayliklarga ega. Ovqatlanish xonasida namuna taomnoma asosida, autsorsing xizmati tomonidan kuniga 5 mahal mazali va bir-biridan foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik tashkil qilingan. “TURON” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bolalar uchun qiziqarli tadbirlarni taklif etadi. Shu bilan birga sport musobaqalari, hunarmandchilik mashg‘ulotlari, zakovat o‘yinlari va ijodiy, madaniy tomoshalar tashkil etiladi. Tajribali va mehridaryo tarbiyachi hamda yetakchilarimiz bolalarning o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish, yangi do‘stlar orttirish, yangi ijtimoiy muhitga tez moslashish kabi qobiliyatlarini shakllantiradilar. Unutilmas lahzalarni jamoa bilan birgalikda yaratishlari mumkin bo‘lgan bir-biridan qiziqarli harakatli o‘yinlar va kechalar tashkil etib boradilar.

—
“OROL BOLALARI” oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“OROL BOLALARI” oromgohi

“OROL BOLALARI” oromgohi tumandagi sathi 22 km2 keladigan, so‘lim “Aqchako‘l” sohilida joylashgan. 240 o‘ringa mo‘ljallangan oromgohda har yilgi mavsumda 5 ta navbatda 1200 nafar bolalar dam oldiriladi. Qulay transport kommunikatsiyalariga ega, tuman markazidan 6 km masofada joylashgan oromgohning hududi jami 8.76 gektarni tashkil etadi. Oromgoh hududi to‘liq ko‘kalamzorlashtirilgan va mevali hamda manzarali daraxtlarga boy hisoblanadi. Ekologik toza hududda bolajonlaringizni dam oldirishni istasangiz, albatta bizning oromgohni tanlashga chorlab qolamiz! Sizlarni qiziqarli tadbir va dasturlarga boy, interfaol o‘yinlarga hamda madaniy hordiq chiqarishga chorlab qolamiz! Bolajonlarni turli sport musobaqalari, yangi do‘stlar, yangi kreativ va intellektual o‘yinlar, bilimlar bellashuvlari, keng maydonchada tashkil etiladigan qiziqarli marafonlar kutib turibdi! Butun mavsum davomida tajribali, o‘z kasbining fidoiylari va eng asosiysi mehrli tarbiyachi va yetakchilar bolajonlar bilan birga bo‘lishadi.

—
Buxoro  bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

Buxoro bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

“BUXORO” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1500 nafardan ziyod bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilotlar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazadilar. Takidlash joizki, oromgoh Buxoro shaxrining eng so‘lim, baxavo maskanida, juda qulay manzilda joylashgan. Bu yerda bolajonlar uchun barcha zamonaviy kulayliklar mavjud. Bolalarning maroqli dam olishlari uchun oromgoh raxbariyati va tarbiyachilari tomonidan katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Farzandlarimizning dam olishlari bilan birga ularga turli xil mavzularda bilim va ko‘nikmalar o‘rgatish xam yaxshi yulga qo‘yilgan. Oromgoxda fan, badiiy ijodiyot, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklari, ijodiy festivallar va ko‘rgazmalar, ijtimoiy aksiyalar, turistik sayoxatlar hamda sport musobaqalari bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarida muxim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari dam olish maskanidagi zamonaviy amfiteatr, sport maydonchalari, suzish havzasi bolajonlar uchun muntazir. Juda ko‘p kitob fondiga ega axbarot-resurs markazi bolalarning sevimli maskaniga aylanadi. Raqs, rassomchilik, kompyuter texnologiyalari, mohir qo‘llar to‘garaklari ularning bilimini oshirish va qiziqishi bo‘yicha hunar o‘rganishda keng imkoniyat yaratadi. Hulosa qilib aytganda, ta’til - bolalarning miriqib dam olishlari, turli tadbirlarda ishtirok etib, ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga keng imkon beruvchi davr. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu maskanning ham o‘rni muhim hisoblanadi.

—
"OFTOBCHA" oromgohi
Namangan viloyati

"OFTOBCHA" oromgohi

"OFTOBCHA" oromgohi – 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi. U Namangan viloyati Pop tumanida, tabiati go‘zal va ekologik toza hududda joylashgan. Oromgoh bir vaqtning o‘zida 200 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega. Oromgoh hududi ko‘p yillik daraxtlar bilan qurshalgan bo‘lib, bolalarning sog‘lom dam olishlari va rivojlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Turar joylar 10–16 kishilik shinam va zamonaviy xonalardan iborat bo‘lib, qulaylik va xavfsizlik tamoyillariga asoslangan. Bolalar uchun kuniga 5 mahallik ovqatlanish tashkil etilgan. Xavfsizlik masalasiga alohida e’tibor qaratilgan – oromgohda videokuzatuv tizimlari faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek, Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tomonidan kunu-tun navbatchilik tashkil etilgan. Tajribali, mehribon va jonkuyar tarbiyachilar hamda yetakchilar bolalar uchun har kuni ijodiy mashg‘ulotlar, mahorat darslari, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va turli to‘garaklarni tashkil etishadi. To‘garaklar qatorida: Rassomchilik Lego Kibersport Musiqa Adabiyot va sahna san’ati kabi mashg‘ulotlar Bolalar tennis, voleybol, basketbol, futbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlari, basseynda cho‘milishlari, yozgi kinoteatr, kutubxona va shou dasturlardan foydalanishlari mumkin. "OFTOBCHA" oromgohi – nafaqat dam olish, balki sizning farzandingiz uchun rivojlanish va yangi do‘stlar orttiradigan maskandir.

—
“SHIFOKOR”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

“SHIFOKOR” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat. “SHIFOKOR” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Andijon shahridan 22 km uzoqlikda, Buloqboshi tumanidagi “Shirmonbuloq” dam olish maskanlari atrofida, tog‘lar yon bag‘ridagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va o‘zidan nafas yo‘llari uchun toza kislorod ishlab chiqaradigan archalarga boy hududdagi 9.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, shaxmat-shashka, bandminton va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish xonalari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tashkil etiladi. Sizni “SHIFOKOR” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan oraliqda 12 kunlik dastur asosida tashkil etiladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

dan 1 050 000 so‘m / bir kishidan
"BERUNIY" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"BERUNIY" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"BERUNIY" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Shahrisabz shahri markazida joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy 6.6 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 4-5-7-10-11-16-20 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "BERUNIY" oromgohimizda yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"CHAVANDOZ"  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"CHAVANDOZ" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"CHAVANDOZ" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Qarshi shahridan 100 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy 6.8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar qulayliklarga ega, 8-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 4 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Jumladan, aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "CHAVANDOZ" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"NANAY" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Namangan viloyati

"NANAY" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani, Olmazor MFYda joylashgan “NANAY” bolalar soglomlashtirish oromgohi bir smenada 400 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, mavsum davomida 1600 nafar bolalarning salomatligini yaxshilash rejalashtirilgan. "NANAY" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual va intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. - Yosh chegarasi: oromgoh dasturida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. - Oromgoh zamonaviy jihozlar va qulay turar joy bilan jihozlangan. Bolalar qulay yashashi uchun oromgohdagi shinam va xavfsiz xonalarga joylashtiriladi. - Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. - "NANAY" oromgohida sport, ijod, tabiat, ekologiya, matematik kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish va turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. - Bolalar kuniga besh maxal ovqatlanadilar. - Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. - Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sog‘liq standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz

—
“Umid nihollari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Namangan viloyati

“Umid nihollari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

“Umid nihollari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 800 nafar bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilolar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazadilar. “Umid nihollari” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 800 nafar bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilolar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazadilar. Soya-salqin va ertakmonand bezatilgan mazkur oromgohda bolalar maroqli dam olishlari uchun oromgoh rahbariyati va tarbiyachilari tomonidan katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Farzadlarimizning dam olishlari bilan birga ularga turli xil mavzularda bilim va ko‘nikmalar o‘rgatish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Oromgohda fan, badiiy ijod, sport to‘garaklari, festivallar va ko‘rgazmalar, ijtimoiy aksiyalar hamda sport musobaqalari bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Futbol, voleybol, basketbol, badminton, stol tennisi, kompyuter to‘garaklari, jismoniy mashqlar maydonchasi (workout), 25x12,5 hajmdagi usti ochiq basseyn (kiyinish va yechinish xonalari bilan), 40x20 hajmda mini futbol maydoni, 200 o‘rinli oshxona va amfiteatr bolalar ixtiyorida. Bundan tashqari dam olish maskanidagi 2 000 dan ziyod kitob fondiga ega axborot-resurs markazi bolalarning sevimli maskaniga aylanishi tayin. Sport musobaqalari, raqs, rassomchilik, mohir qo‘llar, karaoke to‘garaklari bolalarning bilimini oshirish va qiziqishi bo‘yicha hunar o‘rganishlarida keng imkoniyat beradi. Xulosa qilib aytganda ta’til - bolalarning miriqib dam olishlari, turli tadbirlarda ishtirok etib, ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga keng imkon beruvchi davr. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu maskanlarning ham o‘rni muhim hisoblanadi. Biz bolajonlarni “Umid nihollari” oromgohimizda yozgi sarguzashtda kutamiz!

—
"OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

"OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun, tuman markazidan 15 km uzoqlikda, adirliklar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinor, qayrag‘och, baqaterak va nina bargli archalarga boy oromgoh xududida 2 ga maydonda gilos, olma, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri va boshqa mevali daraxtlardan iborat, bolalar uchun maxsus bog‘ barpo etilgan. Ushbu bog‘da pishib yetilgan mevalardan har kuni tabiiy sharbatlar tayyorlanib, dam oluvchi bolajonlarga beriladi. Dam olish binolari barcha qulayliklarga ega, 20 kishilik shinam, ochiq ayvon shaklidan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal maxoratli oshpazlar yordamida mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Oromgoh hududi xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Shu bilan birga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Oromgohda dam oluvchi bolalar uchun xar kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l ishi san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bolajonlar ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun saxna, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"OLTINKO‘L"  yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

"OLTINKO‘L" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"OLTINKO‘L" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Oltinko‘l tumani markazidan 6 km uzoqlikda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy 2.5 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlaridan iborattunu-kun navbatchilik tashkil qilingan. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun saxna, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "OLTINKO‘L" bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 2-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

—
“BOLALAR SAYYORASI” oromgohi
Buxoro viloyati

“BOLALAR SAYYORASI” oromgohi

Oromgoh dam oluvchilari uchun tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan mavsum davomida turli xil to‘garaklar mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlar tashkillashtiriladi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol va intellektual intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. “BOLALAR SAYYORASI” oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT va boshqa tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish, turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. Oromgoh dasturi turizm sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarga o‘z dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bolalar ishtirokida harbiylar, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan vatanparvarlik tadbirlari hamda uchrashuvlar tashkil qilinadi. Oromgoh barcha zarur sanitariya-gigiyena va xavfsizlik standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda bo‘lganlarida vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz. Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

—
"SO‘X" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Farg‘ona viloyati

"SO‘X" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"SO‘X" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Farg‘ona shahridan 96 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. So‘x daryosi yonidagi 4.9 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 10 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda stol tennisi, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "SO‘X" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"ULUG‘NOR" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

"ULUG‘NOR" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Bu joylarda 50 yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sabab, oromgoh maydonining aksariyat qismi soya-salqin hisoblanadi. "ULUG‘NOR" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani bo‘lib, Andijondan oqib keluvchi “Qoradaryo” va Namangandan oqib keluvchi “Norin” daryolarining qo‘shilgan qismi, Sirdaryoning boshlanishida, qadimgi “Mingbuloq” qishlog‘i yonida joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos mikroklimatga ega. Oromgoh Sirdaryoning eski o‘zanining qirg‘og‘i bo‘lmish balandlikda bo‘lgani sababli, bu yerda xar kuni yengil shabboda esib turadi. Bu joylarda 50 yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sabab, oromgoh maydonining aksariyat qismi soya-salqin hisoblanadi. Turar joylarimiz barcha qulayliklarga ega. Oshxonamizda kuniga 5 ta mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun navbatchilik qilishadi. Kunlik reja asosida tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahoratdarslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Bolajonlar to‘garaklarimizga a’zo bo‘lib rassomchilik, kashtachilik san’atini o‘rganishlari, moxir qo‘llar to‘garagida esa qo‘l mehnati bilan o‘yinchoqlar yasashlari mumkin. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Tomosha sahnasida konsertlar va spektakllar sahnalashtirishlari, yozgi kinoteatrimizda kino va multfilmlar ko‘rishlari, kutubxonamizda qiziqarli kitoblar o‘qishlari, basseynda cho‘milishlari mumkin. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "ULUG‘NOR" oromgohimizda yozgi sarguzasht uchun kutamiz!

—
“PESHKU” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

“PESHKU” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“PESHKU” bolalar oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, tuman markazidan 3-4 km uzoqlikda, anhor bo‘yidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik archa, chinor va mevali daraxtlar bilan qoplangan 4 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 12-14 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 4 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan. Oromgohda malakali tarbiyachi va yetakchilar, musiqa, sport, suzish murabbiylari bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va madaniy tadbirlarni o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsert va spektakllar uchun maxsus joylar, o‘yin va sport maydonchalari, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Oromgohdagi ajoyib bog‘da yozgi mavsumda turli-tuman mevalar g‘arq pishadi.

—
"TOVUL”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Farg‘ona viloyati

"TOVUL” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda stol tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida maxsus yo‘laklar mavjud. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “TOVUL” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"SHAROF RASHIDOV" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Jizzax viloyati

"SHAROF RASHIDOV" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Oromgohda barcha standartlarga mos ravishda qurilgan shinam yotoqxonalar, keng va yorug‘ oshxona, sport maydonchalari, stol tennisi, basseyn mavjud. "SHAROF RASHIDOV" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi uzoq yillardan buyon bolalarning maroqli dam olishlari uchun xizmat qilib kelmoqda. Oromgohda barcha standartlarga mos ravishda qurilgan shinam yotoqxonalar, keng va yorug‘ oshxona, sport maydonchalari, stol tennisi, basseyn mavjud. Bu yerda bolalar qiziqarli sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari hamda to‘garaklarda ishtirok etib, o‘z dunyoqarashlarini yanada boyitib borishlari mumkin. Oromgoh joylashgan hududning yashillikka burkangan tabiati barchaga birdek manzur bo‘lishiga hech shubha yo‘q. Baland va viqorli tog‘lar, sharqirab oquvchi soy, ko‘p yillik mevali va manzarali daraxtlar, yoqimli hidlarga boy, turli-tuman gullar va toza ob-havosi insonga kayfiyat bag‘ishlaydi. Bundan tashqari tajribali tarbiyachi va yetakchilar farzandlaringiz uchun turli xil mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlarni o‘tkazib borsalar, tibbiyot xodimlari ularning salomatligini, ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari ularning xavfsizligi ta’minlaydilar. Oromgohimizda farzandlaringiz uchun 12 kunlik maroqli hordiqni kafolatlaymiz!!!

—
"BILIMDON” bolalar oromgohi
Farg‘ona viloyati

"BILIMDON” bolalar oromgohi

Oromgoh bir smenada 7-14 yoshdagi 200 nafar bolalarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Farg‘ona viloyatidagi “BILIMDON” bolalar oromgohi Farg‘ona tumani Log‘on qishlog‘ining so‘lim va baxavo joyida, Farg‘ona shahridan 15 km masofada joylashgan. Oromgoh bir smenada 7-14 yoshdagi 200 nafar bolalarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Oromgoh hududi umumiy 9 gektardan ziyodroq bo‘lib, uning hududidagi bog‘da turli mevali va manzarali daraxtlar mavjud. Oromgohda zamon talablariga javob beradigan yotoqxonalar, oshxona, sport maydonlari, basseyn, kutubxona va amfiteatr mavjud. Yotoqxonalarning barchasi konditsioner va televizor bilan jixozlangan, xojatxona va yuvinish xonalari bino ichida joylashgan. Oromgohda bolalar uchun alohida to‘garaklar binosi mavjud bo‘lib, u yerda 10 dan ortiq zamonaviy to‘garaklar faoliyat olib olib boradi. Oromgohga har yilgi mavsumda tajribali tarbiyachi va pedagoglar jalb etiladi. Oromgohda 24/7 tartibida qo‘riqlash va tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Bolalarga 12 kunlik dastur bo‘yicha har kuni tadbirlar, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Ushbu dasturlar bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi yangi tarixiy bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bolajonlar uchun eng qiziqarli, quvnoq va esda qolarli yozgi dam olish “BILIMDON” oromgohda!

—
“OLTIARIQ”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Farg‘ona viloyati

“OLTIARIQ” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 8-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida ekotroplar yotqizilgan. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “OLTIARIQ” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

dan 945 000 so‘m / bir kishidan
"ZEBINISO" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"ZEBINISO" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"ZEBINISO" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1000 nafardan ziyod bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilotlar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazadilar. Ta’kidlash joizki, oromgoh yuksak Hisor tog‘ tizimlari etaklarida, Miroqi suv omborining 9 km pastligida, shahardan 18 km uzoqlikda, xushmanzara tabiat quchog‘ida joylashgan. Bu yerda bolajonlar uchun barcha qulayliklar muhayyo. Sharqirab oquvchi soy oromgohning qoq markazidan oqib o‘tadi. Hududga serviqor chinorlar quyuq soya tashlab turadi. Bolalarning maroqli dam olishlari uchun oromgoh rahbariyati va tarbiyachilari tomonidan katta tayyorgarlik ishlari olib borildi. Farzandlarimizning dam olishlari bilan birga ularga turli xil mavzularda bilim va ko‘nikmalar o‘rgatish ham yaxshi yo‘lga quyilgan. Oromgohda fan, badiiy ijodiyot, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklari, ijodiy festivallar va ko‘rgazmalar, ijtimoiy aksiyalar hamda sport musobaqalari bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari dam olish maskanidagi boy kitob fondiga ega axborot-resurs markazi bolalarning sevimli maskaniga aylangan. Sport musobaqalari, raqs, rassomchilik, mohir qo‘llar to‘garaklari ularning bilimini oshirish va qiziqishi bo‘yicha hunar o‘rganishda keng imkoniyat yaratadi. Xulosa qilib aytganda, ta’til - bolalarning miriqib dam olishlari, turli tuman tadbirlarda ishtirok etib, ijodiy va tashkilotchilik qobilyatlarini rivojlantirishga keng imkon beruvchi davr. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu maskanlarning ham o‘rni muhim hisoblanadi.

—
"QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

"QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani "QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani bo‘lib, Bo‘ston tumanidagi 145 gektarlik “Bo‘z” o‘rmon xo‘jaligi hududida, ya’ni Andijon viloyatidagi eng yirik o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi hududida joylashgan, o‘ziga xos mikroiqlimga ega. Oromgoh hududida doimiy yengil shabboda esib turadi. Toza havoga ega yerlarda 50-yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sababli, oromgohning aksariyat qismi soya-salqinliklarni tashkil etadi. Turar joylarimiz barcha qulayliklarga ega. Oshxonamizda kuniga 5 maxal ovqat beriladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan.Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Kunlik reja asosida tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Bolajonlar turli xil to‘garaklarimizga a’zo bo‘lib, rassomchilik, kashtachilik san’atini o‘rganishlari, moxir qo‘llar to‘garagida esa qo‘l mehnati bilan o‘yinchoqlar yasashlari mumkin bo‘ladi. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyoridagi saxnamizda konsertlar va spektakllar saxnalashtirish, o‘yin va sport maydonchalarida miriqib o‘ynashlari, yozgi kinoteatrimizda kino va multfilmlar ko‘rishlari, kutubxonamizda qiziqarli kitoblar o‘qishlari, basseynda mazza qilib cho‘milishlari mumkin bo‘ladi. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "QUYOSHCHA" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"ISTIQLOL G‘UNCHALARI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"ISTIQLOL G‘UNCHALARI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"ISTIQLOL G‘UNCHALARI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Yakkabog‘ shahridan 18 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy 8.8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan, 30-35 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki Ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik tashkil qilinadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va rassomchilik shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "ISTIQLOL G‘UNCHALARI" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 5 iyundan 5 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"LOCHIN" bolalar dam olish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"LOCHIN" bolalar dam olish oromgohi

Mavsum davomida shaxsiy o‘sish, sog‘likni mustahkamlash, jamiyat hayotiga moslashuv uchun maqbul sharoitlarni yaratish, sport o‘yinlari, tanlov, musobaqalar, sayyohlik yurishlari, ekologik sayrlar orqali bolalar va o‘smirlarning mazmunli dam olishini tashkil etishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Oromgohning asosiy vazifalari: 1. Bolalarni turli xildagi ijodga jalb etish, foydali ko‘nikmalarni shakllantirish, tashabbus, o‘z-o‘zini boshqarish va mustaqillikni rivojlantirishning yangi shakllarini izlash; 2. Bolalar va o‘smirlarning bandligi, dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish; 3. Bolalarning psixologik va jismoniy sog‘liklarini mustahkamlashga ko‘maklashish; 4. Bolalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish; 5. Axloqiy va iroda sifatlarini tarbiyalash; 6. Sog‘lomlashtirishning noan’anaviy usullari bilan tanishtirish. Oromgohdagi to‘garak va seksiyalardagi mashg‘ulotlar guruhning o‘quv-tarbiyaviy ishlarining asosiy qismi hisoblanadi. Oromgoh Shahrisabz tumanining tog‘li Miraki shaharchasi, Hisorak suv ombori yaqinidagi xush manzarali va sayyohlik markazi tashkil qilinayotgan hududda joylashgan. Hudud bahavo daryolar va manzarali daraxtlar bilan o‘ralgan. Oromgohning bolalar uchun mo‘ljallangan yotoqxonalarining ichki qismida dush, xojatxona mavjud. Bolalarning miriqib dam olishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Oromgoh 2005-yildan 560 nafar bolaga mo‘ljallanib, o‘z faoliyatini boshlagan. 2008-yilda qo‘shimcha 80 o‘rinlik bolalar yotoqxonasi, 2009-yilda 160 o‘rinlik “Piramida” va 180 o‘rinlik “Korabl” nomli bolalar yotoqxonalari qurilib oromgoh oshxonasi qayta ta’mirlanib, 1000 o‘rinlik bolalar oromgohiga aylantirilgan. "LOCHIN" bolalar dam olish oromgohi yozgi mavsumda 4000 nafar bolajonlarni dam oldirish quvvatiga ega. Mana 15-yildirki "LOCHIN" bolalar dam olish oromgohi Respublika oromgohlari o‘rtasida “Eng namunali oromgoh” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda. Biz 2025-yil yozgi bolalarni sog‘lomlashtirish mavsumda aziz bolajonlarimizni oromgohimizda kutib qolamiz

—
Qo`qon bolalar oromgohi
Farg‘ona viloyati

Qo`qon bolalar oromgohi

Bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib qurilgan 2 xil o‘lchamdagi basseyn ayniqsa, dam oluvchilarning jonu-dili hisoblanadi. Bolalar bu oromgohda nafaqat dam oladilar, balki, shahardagi o‘quv markazlari, kutubxonalar, hunarmandlik uyushmalari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining olimlari ishtirokida davra suhbatlari, “Zakovat”, “Bilim-ring”, “Debat” kabi bahs-munozaralarda ishtirok etib, o‘z bilimlarini mustahkamlab boradilar. Qo‘qon azaldan san’atkorlar, olimu-fozillar, yozuvchi-shoirlar yurti bo‘lganligi uchun, har mavsumda albatta shahar markazidagi muhtasham teatr binosiga Muqimiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, yoshlar bog‘i, Xudoyorxon o‘rdasi, Allomalar muzeyi kabi tarixiy obidalarga sayoxatlar tashkillashtiriladi. O‘zbekiston Xalq artisti, teatr va kino darg‘asi Shafoatxon Raxmatullayeva, O‘zbekiston Qahramoni Manzuraxon Madaliyeva, xushovoz xonandalar Mansurxon Nurmatov, Oybek O‘lmasov, Shaxlo Maxmudova, Olimjon Ne’matjonovlarning ijodiy uchrashuvlari, barkamol avlod markazi qoshidagi aviasozlik, robototexnika kabi to‘garak a’zolarining, Toshkent Madaniyat va San’at instituti talabalari, musiqa va san’at maktabi ijodkorlari, sirk san’ati va Qo‘qon dorbozlari, polvonlaru-masxarabozlarning oromgohga tashriflari bolajonlar uchun unutilmas sanalar bo‘lib qolishiga shubha yo‘q. Oromgox atrofi to‘liq o‘ralgan bo‘lib, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. Bundan tashqari 10 ta joydan videokuzatuv kameralari doimiy ishlab turadi.

—
Ishonch bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Navoiy viloyati

Ishonch bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, 8 kishi yotog‘iga mo‘ljallangan xonalar mebel, krovat va yumshoq zamonaviy matraslar bilan ta’minlangan “ISHONCH” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Navoiy shahridan 15 km uzoqlikda, xushmanzara, 500 dan ziyod mevali va manzarali daraxtlarga boy, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar bilan to‘lgan 3 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, 8 kishi yotog‘iga mo‘ljallangan xonalar mebel, krovat va yumshoq zamonaviy matraslar bilan ta’minlangan. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Ushbu taomlarni esa yuqori malakali, qo‘li shirin oshpazlar jamoasi tayyorlashadi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robot-texnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joylari, qo‘g‘irchoq teatri, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “ISHONCH” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"ZARKENT" oromgohi
Namangan viloyati

"ZARKENT" oromgohi

Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi "ZARKENT" oromgohi viloyatning go‘zal tog‘ yon bag‘rlarida joylashgan bo‘lib, 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi. Bizning maqsadimiz o‘yin–kulgu, ijodkorlik va yangi qiziqarli mashg‘ulotlarga to‘la unutilmas yoz mavsumini yaratishdir. 11,0 gektar maydonda shinam turar joylar, sport maydonchalari, konsertlar sahnasi va basseyn mavjud. "ZARKENT" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Namangan viloyati markazidan 50 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Turar joylar qulayliklarga ega, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 4 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va viloyat Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqamasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robotootexnika, qo‘l san’atlari va rassomchilik shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va kinolar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "ZARKENT" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

—
Chimyon bolalar sanatoriyasi
Toshkent viloyati

Chimyon bolalar sanatoriyasi

Chimyon bolalar sog'lomlashtirish oromgohi Chimyon traktidagi Respublika chang'i kurorti va turizm majmuasida joylashgan. Sog'lomlashtirish majmuasi 1986-yilda ochilgan. Chimyon bolalar sog'lomlashtirish oromgohi bolalarning dam olishi va sog'lig'ini yaxshilashni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun qulay sharoitlarni taklif etadi. Oromgoh hududi 16 gektarni egallaydi. Chimyon bolalar sog'lomlashtirish oromgohi yozgi mavsumda har yili 1200 nafargacha bolani qabul qiladi.

—
Enerji  bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Jizzax viloyati

Enerji bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Dam oluvchi bolalarning har bir daqiqasini samarali o‘tkazishi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, to‘garaklar, konsert dasturlari doimiy tashkil etib boriladi. Xushmanzara, go‘zal va betakror tabiati, salqin va musaffo havosi bilan ajralib turuvchi "ENERJI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bolalarni qabul qilish uchun tayyor. Mazali va to‘yimli taomlarga ega oshxona, dunyo va o‘zbek yozuvchilarining badiiy asarlariga boy kutubxona, futbol, voleybol, basketbol maydonchalari, stol tennisi, basseyn hamda keng va yorug‘ yotoqxonalar xizmatingizda. Dam oluvchi bolalarning har bir daqiqasini samarali o‘tkazishi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, to‘garaklar, konsert dasturlari doimiy tashkil etib boriladi. Shu bilan birgalikda, ko‘p yillik daraxtlar, sharqiroq soylar oromgohga toza havo va yoqimli salqinlikni bag‘ishlaydi. Mahoratli dizaynerlar tomonidan ishlangan landshaftlardagi multfilm qahramonlari va turli hayvonlarning haykalchalari ham bolalarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Oromgohning tajribali shifokorlari hamda malakali pedagogik jamoasi tomonidan bolalarning maroqli va mazmunli dam olishlari kafolatlanadi. Ularning salomatligi, tozaligi, orastaligi, ovqatlanish tartibi shifokorlar, xavfsizligi esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining doimiy nazoratida bo‘ladi. Oromgohimiz farzandlaringiz uchun muntazir!!!

—
"BINAFSHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Namangan viloyati

"BINAFSHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Namangan viloyati, Pop tumani, Boyon MFYda joylashgan “BINAFSHA” bolalar oromgohi bir smenada 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, oromgohda mavsum davomida 480 nafar bolalarning salomatligini yaxshilash rejalashtirilgan. "BINAFSHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual va intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. - Yosh chegarasi: oromgoh dasturida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. - Oromgoh zamonaviy jihozlar va qulay turar joy bilan jihozlangan. Bolalar qulay yashashi uchun oromgohdagi shinam va xavfsiz xonalarga joylashtiriladi. - Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. - "BINAFSHA" oromgohida sport, ijod, tabiat, ekologiya, matematik kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish va turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. - Bolalar kuniga besh maxal ovqatlanadilar. - Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. - Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sog‘liq standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz

—
Yulduzcha dam olish va sog‘lomlashtirish maskani
Jizzax viloyati

Yulduzcha dam olish va sog‘lomlashtirish maskani

Bolalarning oromgohda o‘tayotgan kunlari bir-birini takrorlamasligi, kun dasturidagi tadbirlarning qiziqarli tarzda tashkil qilinishi va xavfsiz dam olishlarini kafolatlaymiz. Zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan ushbu “YULDUZCHA” dam olish va sog‘lomlashtirish maskani tabiatining o‘zgachaligi va yoqimliligi bilan boshqa oromgohlardan ajralib turadi. Ayniqsa, shinam yotoqxonalar, keng va yorug‘ oshxona, turli xil sport maydonchalari, ko‘rkam suv havzasi, bolalarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish uchun mo‘ljallangan katta va boy kutubxona oromgohni bolalarning sevimli dam olish maskaniga aylanishiga xizmat qilmoqda. Oromgohning malakali pedagog xodimlari tomonidan yozgi ta’tilda o‘quvchi yoshlarni ma’nan barkamol, yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni qamrab olgan holda turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, to‘garaklar, ko‘rik-tanlovlar tashkil qilinib, ularga barcha bolajonlar qamrab olinadi. Bolalarning oromgohda o‘tayotgan kunlari bir-birini takrorlamasligi, kun dasturidagi tadbirlarning qiziqarli tarzda tashkil qilinishi, salomatligi va xavfsiz dam olishlarini kafolatlaymiz. Biz Sizlarni oromgohimizda kutib qolamiz!!!

—
Samarqand viloyat bolalar maxsuslashgan sihatgoni
Samarqand viloyati

Samarqand viloyat bolalar maxsuslashgan sihatgoni

Sanatoriya bolalarni davolashga ixtisoslashgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufidagi davlat muassasasi sifatida bemorlar asosan quyidagilarga qabul qilinadi: • Mahalliy bolalar klinikalarining maxsus tibbiy koʻrsatmalari va yoʻllanmalari (yoʻllanma) bilan. • Standart tekshiruvdan oʻtgandan va toʻldirilgan bolaning sogʻlomlashtirish kurort kartasini taqdim etgandan soʻng.

—
Vodiy Gavxari oromgohi
Farg‘ona viloyati

Vodiy Gavxari oromgohi

12 kun davomida belgilangan dastur va milliy qadriyatlar asosida farzandlaringiz uchun maroqli va qiziqarli dam olish tashkil etiladi. Xurmatli dam oluvchilar! Bizning "Vodiy gavxari" oromgoximiz o‘zining manzarali tabiati, tiniq va shaffof suvli basseyni, qiziqarli mashg‘ulotlar uchun maydonchalari, shinam xonalari, bolajonlarimizni maroqli dam olishlari uchun barcha sharoitlari bilan ajralib turadi. Oromgohimizda aktyorlik mahoratlarini oshirish uchun tadbirlar o‘tkazish saxnalari mavjud. Shuningdek, tajribali tarbiyachi va yetakchilar, sport mutaxassislari, ingliz tili, rus tili, musiqa, mohir qo‘llar to‘garaklari rahbarlari hamkorlikda kelajak yoshlarimiz uchun xizmat kiladilar. 12 kun davomida belgilangan dastur va milliy qadriyatlar asosida farzandlaringiz uchun maroqli va qiziqarli dam olish tashkil etiladi. Sizni bag‘rikeng, bilimli va mas’uliyatli oromgoh xizmatchilari kutib qoladi!

—
"YOSH ALANGACHI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"YOSH ALANGACHI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"YOSH ALANGACHI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Kitob tumani markazidan 20 km uzoqlikda, Kitob-Samarqand yo‘nalishidagi Taxta-Qoracha dovonining boshlanish qismida, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Manzarali daraxtlarga boy 5 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay maskandir. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 6-20 kishilik shinam xonalardan iborat. Oromgoh oshxonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Oromgohda mavsum davomida turli madaniy-ma’rifiy, ko‘ngilochar tadbirlar - oromgoh malikasi, jajji raqs malikasi, taqlid ustasi, jonli ijro, she’riyat kechalari, raqs qiroli, bilimdonlar bellashuvi, quvnoqlar va zukkolar bellashuvlari, shoirlar xotirasiga bag‘ishlangan kechalar, suv bayrami, liboslar ko‘rgazmasi, kulgi kuni, sport tadbirlari, rassomchilik, badiiy bezak, mohir qo‘llar kabi bir qator tadbirlar o‘tkaziladi. Bu tadbirlar bolajonlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuksalishiga, ona Vatanimizga bo‘lgan mehrini ortishiga, dunyoqarashi hamda bilim saviyalari o‘sishiga katta turtki bo‘ladi. Barcha tarbiyachi va yetakchilar oromgohda jamoa ishini va pedagogik guruh ishini birgalikda rejalashtirish, guruhlar, to‘garaklar, kutubxona, sport musobaqalari ishlarini nazorat qilish va bolalarni o‘z-o‘zini boshqarishga ko‘maklashib, ilg‘or ish tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi. Bolalarning ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan hordiq chiqarishlari ta’minlanib, turli mavzularda qiziqarli bellashuvlar, sportning bolalarga xos turlari bo‘yicha musobaqalar orqali bolalar sporti ommalashtiriladi. Har bir smenada jamoalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yosh qutqaruvchi”, “Yosh yong‘in o‘chiruvchi”, futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat-shashka, quvnoq startlar kabi musobaqalar bolalarning sog‘lom ulg‘ayishiga xizmat qiladi. Oromgohda o‘tkaziladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda taniqli madaniyat, fan, adabiyot va san’at xodimlari hamda sportchilarning ishtiroklari ta’minlanadi. “Qo‘g‘irchoq teatri”, kino va sirk tomoshalari taqdim etiladi. Sizni "YOSH ALANGACHI" oromgohida yozgi sarguzashtlar maskanida kutamiz! Smenalar 4 iyundan 6 avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz aziz bolajonlarning oromgohimizda mazza qilib dam olishlari uchun tayyormiz!

—
"TEMUR AVLODLARI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"TEMUR AVLODLARI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"TEMUR AVLODLARI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar bilan o‘ralgan 9.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 6-8-10 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "TEMUR AVLODLARI" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

—
"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT-darslik kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish hamda turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. Bolalar kuniga besh maxal issiq va shirin ovqatlardan bahramand bo‘ladilar. Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Vatanparvarlik tadbirlari doirasida harbiylar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va salomatlik standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz! Oromgohdagi muhit 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi. Oromgohning sig‘imi 150 nafar bolani tashkil etadi. 8 gektar maydonda shinam turar joylar, bog‘, sport maydonchalari, konsertlar sahnasi va basseyn mavjud. Tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlarni o‘tkazadilar. Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

—
"SIRLI KOINOT" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"SIRLI KOINOT" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"SIRLI KOINOT" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Yakkabog‘ tumani markazidan 22 km uzoqlikda, hisor tog‘lar etagida, Qizil daryo bo‘yida, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar bilan o‘ralgan 25.9 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 2,4,12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun joy, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "SIRLI KOINOT" da yozgi Oromgohimizda kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan masumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
“Gulnora” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

“Gulnora” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Oromgoh o‘z bag‘riga har smenada 200 nafardan mavsum davomida jami 800 nafar bolalarni dam oldirishga mo‘ljallangan. “Gulnora” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanining eng xushmanzara, so‘lim, tog‘li hududida joylashgan. Oromgoh hududi archazorlar bilan o‘ralgan va bahovo joylar. Oromgohda muzdek "Oq daryo" suvi hamda chashma suvlari mavjud. Bolalar yotoqxonalarining ichki va tashqi qismlarida cho‘milish xonasi va xojatxonalar mavjud. Bolalarning miriqib dam olishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Oromgohda o‘g‘il bolalar uchun alohida va qiz bolalar uchun alohida zilol suvli suzish havzasi, ularni o‘ziga jalb etadigan tadbirlar maydonchasi bor. “Gulnora” bolalar oromgohi Shaxrisabz tumanining tog‘li Qani qishlog‘ida, tuman markazidan 19 km uzoqlikda, Miraki suv omboridan 9 km masofada joylashgan. Oromgoh o‘z bag‘riga har smenada 200 nafardan mavsum davomida jami 800 nafar bolalarni dam oldirishga mo‘ljallangan. Bolalar qulay yashashi uchun oromgohdagi shinam va xavfsiz xonalarga joylashtiriladi. Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sog‘liq standartlariga javob beradi. Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali, professional xodimlardan iborat. “Gulnora” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat va ekologiya kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish va turli to‘garak va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. Bolalar har kuni besh maxaldan ovqatlanadilar. Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Biz bolajonlarni oromgohimizda bo‘lgan vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz!

—
Romitan Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

Romitan Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Oromgoh dam oluvchilari uchun tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan mavsum davomida turli xil to‘garaklar, mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlar tashkillashtiriladi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual, intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. "Romitan" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarni o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish, turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirishini ta’minlaydi. Bolalarga kuniga besh maxal ovqat taklif qilinadi. Oromgoh dasturi turizm, sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bolalar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari, harbiylar, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi. Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sanitariya-gigiyena standartlariga javob beradi. Biz oromgohda bolajonlarning vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz! Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

—
"SHO‘RTAN QALDIRG‘OCHI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

"SHO‘RTAN QALDIRG‘OCHI" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"SHO‘RTAN QALDIRG‘OCHI" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Yakkabog‘ shahridan 35 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga to‘la 9.3 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar qulayliklarga ega, 25-30 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyat vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "SHO‘RTAN QALDIRG‘OCHI" oromgohida yozgi ta’tilda kutamiz! Smenalar 5-iyundan 05-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

—
“ZAKOVAT” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

“ZAKOVAT” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

“ZAKOVAT” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi har bir mavsumda 1200 nafar bolani o‘z bag‘riga qabul qiladi. Oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. 3 ta zamonaviy stadion, tennis kortlari, basseynlar, sport maydonchalari va shinam dam olish hududlari farzandlarimiz uchun xizmat qiladi. Bu yerda har bir bola nafaqat dam oladi, balki yangi do‘stlar orttiradi, o‘z iqtidorini namoyon qiladi va unutilmas xotiralarga ega bo‘ladi. Turli sport musobaqalari, qiziqarli tadbirlar, intellektual o‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etadi. “ZAKOVAT” — bu quvonch, do‘stlik va baxtli bolalik maskani! Farzandingizga unutilmas yozgi taassurotlar ulashing! “ZAKOVAT” oromgohi sizni chorlaydi!

—
“ZIYO CHASHMALARI”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qashqadaryo viloyati

“ZIYO CHASHMALARI” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“ZIYO CHASHMALARI” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Shahrisabz shahridan 5 km uzoqlikda, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar hamda archalarga boy 6,62 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega, 26-54 kishilik shinam xonalardan iborat bo‘lib, xonalarda sanuzel, dush, sovutish tizimi mavjud. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar joyi, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “ZIYO CHASHMALARI” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan mavsumda 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
Tabassum bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Navoiy viloyati

Tabassum bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Navoiy shahridan 50 km uzoqlikda, to‘rt tomonida anhorlar mavjud ekologik toza hududda joylashgan. “TABASSUM” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Navoiy shahridan 50 km uzoqlikda, to‘rt tomonida anhorlar mavjud ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar, mevali manzarali daraxtlarga to‘la bo‘lgan ajoyib dam olish uchun qulay maskan hisoblanadi. Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lgan shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida malakali oshpazlar tomonidan tayyorlanadigan sifatli va koloriyaga boy, mazali va foydali taomlardan lazzalanadilar. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda viloyat Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali tarbiyachi va yetakchilar bolalar uchun turli xil interaktiv o‘yinlar, mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Kitobxonlik, aktyorlik, musiqa, qo‘l san’atlari rassomchilik shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchi bolalar ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun joylar, o‘yin va sport maydonchalari, kutubxona, dam olish joylari hamda suzish havzasi mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “TABASSUM” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Bolalar dam olish mavsumi 2024 yil 6 iyundan 31-avgustgacha bo‘lib, 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
“SHODLIK” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

“SHODLIK” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

“SHODLIK” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida har mavsumda 1000 nafardan ortiq bolalar dam oladi. “SHODLIK” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida har mavsumda 1000 nafardan ortiq bolalar dam oladi. Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega ushbu oromgohda turli tashkilot va korxonalar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazadilar. Oromgoh Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Baynalminal mahallasida joylashgan bo‘lib, tuman markazidan 9 km uzoqlikda, toza havo va go‘zal tabiat bag‘rida barpo etilgan. Atrofdagi yashil daraxtlar va sokin muhit bolalar uchun yoqimli va sog‘lom dam olish sharoitini yaratadi.

dan 1 000 000 so‘m / bir kishidan
Rishton Bolalar oromgohi
Farg‘ona viloyati

Rishton Bolalar oromgohi

Xudud atrofi baland devorlar bilan o‘ralganligi bolalar xavfsizligini yanada kuchaytiradi va qolaversa Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan navbatchilik tunu-kun ishlab turadi. Mahoratli tarbiyachilar tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bolajonlar bilimini yanada oshiradi. Oromgohimizda to‘garaklar ham yo‘lga qo‘yilgan, ulardan albatta samarali foydalaning. IT mutaxassisi, shaxmat, shashka, katta tennis, badminton, mental arifmetika, kulolchilik ustalaridan namunalar hamda ular bilan ishlab ko‘rish sizga zavq bag‘ishlaydi. Dam oluvchi bolalarimiz uchun oromgoh xududidagi futbol maydoni, suzish xavzasi, kechki musiqiy dasturlar, teatrlashtirilgan mazmunli chiqishlar maxsus dasturlarimizdan o‘rin olgan. Sizni “RISHTON” bolalar oromgohida yozgi ta’tilda kutib qolamiz! Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkil etiladi. Sizlarni kutamiz

—
"NORIN" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Namangan viloyati

"NORIN" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Namangan viloyati, Norin tumani Yashik MFYda joylashgan “NORIN” bolalar oromgohi bir smenada 200 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, mavsum davomida 640 nafar bolaning salomatligini yaxshilash rejalashtirilgan. "NORIN" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual va intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. - Yosh chegarasi: oromgoh dasturida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. - Oromgoh zamonaviy jihozlar va qulay turar joy bilan jihozlangan. Bolalar qulay yashashi uchun oromgohdagi shinam va xavfsiz xonalarga joylashtiriladi. - Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. - "NORIN" oromgohida sport, ijod, tabiat, ekologiya, matematik kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish va turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. - Bolalar kuniga besh maxal ovqatlanadilar. - Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. - Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sog‘liq standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz

—
“SOHIL” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Namangan viloyati

“SOHIL” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

“SOHIL” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy- ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol va intellektual intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “SOHIL” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy- ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol va intellektual intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. - Yosh chegarasi: oromgoh dasturida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. - Oromgoh zamonaviy jihozlar va qulay turar joy bilan jihozlangan. Bolalar qulay yashashi uchun oromgohdagi shinam va xavfsiz xonalarga joylashtiriladi. - Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. - “SOHIL” oromgohida sport, ijod, tabiat, ekologiya, matematika va boshqalar kabi tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish va turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. - Bolalar kuniga besh maxal ovqatlanadilar. - Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. - Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sog‘liq standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz!

—
"OBI-HAYOT" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Namangan viloyati

"OBI-HAYOT" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"OBI-HAYOT" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual va intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. - Yosh chegarasi: oromgoh dasturida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. - Oromgoh zamonaviy jihozlar va qulay turar joy bilan jihozlangan. Bolalar qulay yashashi uchun oromgohdagi shinam va xavfsiz xonalarga joylashtiriladi. - Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. - "OBI-HAYOT" oromgohida sport, ijod, tabiat, ekologiya, matematik kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish va turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. - Bolalar kuniga besh maxal ovqatlanadilar. - Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. - Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sog‘liq standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz

—
ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi
Andijon viloyati

ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi

ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi 7-14 yoshli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Asaka shahridan 8 km uzoqlikda joylashgan. “ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi 7-14 yoshli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Asaka shahridan 8 km uzoqlikda, Niyozbotir qishlog‘ining ulkan va qalin manzarali daraxtlar bilan o‘ralgan o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan, so‘lim havosi bilan ajralib turadigan dam olish maskanidir. Turar joylar 8-10 kishilik shinam xonalardan iborat. Kuniga 5 maxal issiq, mazali, vitaminlarga boy, foydali taom va salatlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlik ta’minlangan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bolalarning xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan bolalar uchun turli qiziqarli mashg‘ulot va mahorat darslari o‘tkazilib boriladi. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun so‘lim va salqin oromgoh hududi juda qulay. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsert zali, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka va ko‘ngilochar shoular maxsus dastur asosida tayyorlanadi. Sizni “ASAKA” bolalar oromgohida yozgi sarguzashtlar makonida kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda ko‘rishdan bag‘oyat mamnunmiz!

—
Bog`ishamol yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

Bog`ishamol yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohi

“BOG‘ISHAMOL” oromgohi 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohidir. “BOG‘ISHAMOL” oromgohi 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohidir. Andijon shahridan 10 km uzoqlikda, qir adir va soylar orasida, ekologik toza hududda joylashgan. Hududda manzarali daraxtlar, ko‘p yillik yirik oq baqateraklar orasida 7,5 gektar maydon farzandlarimizning dam olishi uchun qulay muhit yaratadi. Yotoqhonalar binolarida ichki sanuzellar mavjud. Oshxonada bolalarga 5 maxal ovqat beriladi. Qonditsionerlar va qo‘shimcha ventilyatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida xona harorati ushlab turiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun 8 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan navbatchilik asosida tunu-kun bolalarning xavfsizligi ta’minlanadi. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilari tomonidan bolajonlar uchun turli xil ko‘ngilochar dasturlar, ma’daniy-ma’rifiy va sport tadbirlari, chavandozlar maktabi, sport va san’at soxasining mashxur insonlari ishtirokida tadbirlar o‘tkaziladi. Sport ixlosmandlari mini futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka o‘yinlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida guruhlar o‘rtasida musobaqalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar (diskoteka, multfilm va kino tomoshalari, ko‘rik tanlovlar va ko‘ngilochar shoular)dan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Yozgi ta’tilni biz bilan birgalikda o‘tkazing! Oromgohimiz sizni chorlab qoladi!

—
"MEHRJON" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Namangan viloyati

"MEHRJON" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Namangan viloyati, Chust tumani, Yuqori MFYda joylashgan "MEHRJON" bolalar oromgohi bir smenada 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, mavsum davomida 480 nafar bolalarning salomatligini yaxshilash rejalashtirilgan. "MEHRJON" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual va intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. - Yosh chegarasi: oromgoh dasturida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. - Oromgoh zamonaviy jihozlar va qulay turar joy bilan jihozlangan. Bolalar qulay yashashi uchun oromgohdagi shinam va xavfsiz xonalarga joylashtiriladi. - Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. - "MEHRJON" oromgohida sport, ijod, tabiat, ekologiya, matematik kabi ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish va turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. - Bolalar kuniga besh maxal ovqatlanadilar. - Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. - Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sog‘liq standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz

—
Quvasoy Bolalar oromgohi
Farg‘ona viloyati

Quvasoy Bolalar oromgohi

Oromgohda tajribali yetakchilar va tarbiyachilar, to‘garak rahbarlari bolalar uchun turli xil mashg‘ulotlar, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, mohir qo‘llar, ingliz va rus tilini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Dam oluvchilar 12 kun mobaynida konsertlar va spektakllar, yozgi kinoteatr, kutubxona va dam olish joylaridan bahramand bo‘ladilar. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni qiziqarli sarguzashtlar makoni bo‘lmish "QUVASOY" oromgohida kutamiz! Bizning oromgohimiz faqat Quvasoyliklar uchun emas, balki Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyuruvchi bolajonlar uchun mo‘ljallangan. Shuni unutmagan holda yo‘llanmalarimizni qo‘lga kiritib qoling.

—
Reklama
Reklama