oromchi
← Katalogga qaytish
🎪 Bolalar lagerlariBuxoro viloyati
"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Batafsil

"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT-darslik kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish hamda turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. Bolalar kuniga besh maxal issiq va shirin ovqatlardan bahramand bo‘ladilar. Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Vatanparvarlik tadbirlari doirasida harbiylar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va salomatlik standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz! Oromgohdagi muhit 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi. Oromgohning sig‘imi 150 nafar bolani tashkil etadi. 8 gektar maydonda shinam turar joylar, bog‘, sport maydonchalari, konsertlar sahnasi va basseyn mavjud. Tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlarni o‘tkazadilar. Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

Qulayliklar

🔌 Elektr· bepul🅿️ Avtoturargoh· bepul📶 Wi-Fi· bepul🎬 Kinoteatr· bepul🏋️ Sport zali· bepul🏓 Stol tennisi· bepul🔥 Isitish· bepul🏥 Tibbiyot· bepul📚 Kutubxona· bepul🚿 Dush· bepul❄️ Konditsioner· bepul🧸 Bolalar maydonchasi· bepul🐣 Bolalar basseyni· bepul🍳 Oshxona· bepul🏊 Basseyn· bepul

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q. Birinchi bo‘ling!

Yangilangan: 9-noyabr, 2026

Reklama