oromchi

Andijon viloyatidagi bolalar lagerlari

Tabiatdagi bolalar lagerlari: smenalar, dasturlar, dam olish.

Topildi: 8 ta joy

“SHIFOKOR”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

“SHIFOKOR” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat. “SHIFOKOR” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Andijon shahridan 22 km uzoqlikda, Buloqboshi tumanidagi “Shirmonbuloq” dam olish maskanlari atrofida, tog‘lar yon bag‘ridagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va o‘zidan nafas yo‘llari uchun toza kislorod ishlab chiqaradigan archalarga boy hududdagi 9.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, shaxmat-shashka, bandminton va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish xonalari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tashkil etiladi. Sizni “SHIFOKOR” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan oraliqda 12 kunlik dastur asosida tashkil etiladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

dan 1 050 000 so‘m / bir kishidan
"OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

"OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun, tuman markazidan 15 km uzoqlikda, adirliklar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinor, qayrag‘och, baqaterak va nina bargli archalarga boy oromgoh xududida 2 ga maydonda gilos, olma, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri va boshqa mevali daraxtlardan iborat, bolalar uchun maxsus bog‘ barpo etilgan. Ushbu bog‘da pishib yetilgan mevalardan har kuni tabiiy sharbatlar tayyorlanib, dam oluvchi bolajonlarga beriladi. Dam olish binolari barcha qulayliklarga ega, 20 kishilik shinam, ochiq ayvon shaklidan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal maxoratli oshpazlar yordamida mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Oromgoh hududi xavfsizligini ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Shu bilan birga Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Oromgohda dam oluvchi bolalar uchun xar kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l ishi san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bolajonlar ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun saxna, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "OQBULOQ" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"OLTINKO‘L"  yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

"OLTINKO‘L" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"OLTINKO‘L" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Oltinko‘l tumani markazidan 6 km uzoqlikda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlarga boy 2.5 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlaridan iborattunu-kun navbatchilik tashkil qilingan. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar uchun saxna, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "OLTINKO‘L" bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 2-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

—
"ULUG‘NOR" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

"ULUG‘NOR" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Bu joylarda 50 yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sabab, oromgoh maydonining aksariyat qismi soya-salqin hisoblanadi. "ULUG‘NOR" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani bo‘lib, Andijondan oqib keluvchi “Qoradaryo” va Namangandan oqib keluvchi “Norin” daryolarining qo‘shilgan qismi, Sirdaryoning boshlanishida, qadimgi “Mingbuloq” qishlog‘i yonida joylashgan bo‘lib, o‘ziga xos mikroklimatga ega. Oromgoh Sirdaryoning eski o‘zanining qirg‘og‘i bo‘lmish balandlikda bo‘lgani sababli, bu yerda xar kuni yengil shabboda esib turadi. Bu joylarda 50 yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sabab, oromgoh maydonining aksariyat qismi soya-salqin hisoblanadi. Turar joylarimiz barcha qulayliklarga ega. Oshxonamizda kuniga 5 ta mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun navbatchilik qilishadi. Kunlik reja asosida tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahoratdarslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Bolajonlar to‘garaklarimizga a’zo bo‘lib rassomchilik, kashtachilik san’atini o‘rganishlari, moxir qo‘llar to‘garagida esa qo‘l mehnati bilan o‘yinchoqlar yasashlari mumkin. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Tomosha sahnasida konsertlar va spektakllar sahnalashtirishlari, yozgi kinoteatrimizda kino va multfilmlar ko‘rishlari, kutubxonamizda qiziqarli kitoblar o‘qishlari, basseynda cho‘milishlari mumkin. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "ULUG‘NOR" oromgohimizda yozgi sarguzasht uchun kutamiz!

—
"QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

"QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani "QUYOSHCHA" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun dam olish maskani bo‘lib, Bo‘ston tumanidagi 145 gektarlik “Bo‘z” o‘rmon xo‘jaligi hududida, ya’ni Andijon viloyatidagi eng yirik o‘rmon xo‘jaligi bo‘limi hududida joylashgan, o‘ziga xos mikroiqlimga ega. Oromgoh hududida doimiy yengil shabboda esib turadi. Toza havoga ega yerlarda 50-yillik tarixga ega chinorlar, ko‘k teraklar va o‘rikzorlar bo‘lganligi sababli, oromgohning aksariyat qismi soya-salqinliklarni tashkil etadi. Turar joylarimiz barcha qulayliklarga ega. Oshxonamizda kuniga 5 maxal ovqat beriladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan.Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Kunlik reja asosida tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Bolajonlar turli xil to‘garaklarimizga a’zo bo‘lib, rassomchilik, kashtachilik san’atini o‘rganishlari, moxir qo‘llar to‘garagida esa qo‘l mehnati bilan o‘yinchoqlar yasashlari mumkin bo‘ladi. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyoridagi saxnamizda konsertlar va spektakllar saxnalashtirish, o‘yin va sport maydonchalarida miriqib o‘ynashlari, yozgi kinoteatrimizda kino va multfilmlar ko‘rishlari, kutubxonamizda qiziqarli kitoblar o‘qishlari, basseynda mazza qilib cho‘milishlari mumkin bo‘ladi. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "QUYOSHCHA" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha bo‘lgan 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
“SHODLIK” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

“SHODLIK” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

“SHODLIK” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida har mavsumda 1000 nafardan ortiq bolalar dam oladi. “SHODLIK” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida har mavsumda 1000 nafardan ortiq bolalar dam oladi. Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega ushbu oromgohda turli tashkilot va korxonalar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazadilar. Oromgoh Andijon viloyati, Buloqboshi tumani, Baynalminal mahallasida joylashgan bo‘lib, tuman markazidan 9 km uzoqlikda, toza havo va go‘zal tabiat bag‘rida barpo etilgan. Atrofdagi yashil daraxtlar va sokin muhit bolalar uchun yoqimli va sog‘lom dam olish sharoitini yaratadi.

dan 1 000 000 so‘m / bir kishidan
ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi
Andijon viloyati

ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi

ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi 7-14 yoshli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Asaka shahridan 8 km uzoqlikda joylashgan. “ASAKA” bolalarni sog‘lomlashtirish va dam olish oromgohi 7-14 yoshli bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Asaka shahridan 8 km uzoqlikda, Niyozbotir qishlog‘ining ulkan va qalin manzarali daraxtlar bilan o‘ralgan o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan, so‘lim havosi bilan ajralib turadigan dam olish maskanidir. Turar joylar 8-10 kishilik shinam xonalardan iborat. Kuniga 5 maxal issiq, mazali, vitaminlarga boy, foydali taom va salatlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlik ta’minlangan bo‘lib, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bolalarning xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan bolalar uchun turli qiziqarli mashg‘ulot va mahorat darslari o‘tkazilib boriladi. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun so‘lim va salqin oromgoh hududi juda qulay. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsert zali, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka va ko‘ngilochar shoular maxsus dastur asosida tayyorlanadi. Sizni “ASAKA” bolalar oromgohida yozgi sarguzashtlar makonida kutamiz! Smenalar 1-iyundan 31-avgustgacha 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda ko‘rishdan bag‘oyat mamnunmiz!

—
Bog`ishamol yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohi
Andijon viloyati

Bog`ishamol yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohi

“BOG‘ISHAMOL” oromgohi 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohidir. “BOG‘ISHAMOL” oromgohi 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohidir. Andijon shahridan 10 km uzoqlikda, qir adir va soylar orasida, ekologik toza hududda joylashgan. Hududda manzarali daraxtlar, ko‘p yillik yirik oq baqateraklar orasida 7,5 gektar maydon farzandlarimizning dam olishi uchun qulay muhit yaratadi. Yotoqhonalar binolarida ichki sanuzellar mavjud. Oshxonada bolalarga 5 maxal ovqat beriladi. Qonditsionerlar va qo‘shimcha ventilyatorlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular yordamida xona harorati ushlab turiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun 8 ta videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar xodimlari tomonidan navbatchilik asosida tunu-kun bolalarning xavfsizligi ta’minlanadi. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilari tomonidan bolajonlar uchun turli xil ko‘ngilochar dasturlar, ma’daniy-ma’rifiy va sport tadbirlari, chavandozlar maktabi, sport va san’at soxasining mashxur insonlari ishtirokida tadbirlar o‘tkaziladi. Sport ixlosmandlari mini futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka o‘yinlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida guruhlar o‘rtasida musobaqalar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar (diskoteka, multfilm va kino tomoshalari, ko‘rik tanlovlar va ko‘ngilochar shoular)dan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Yozgi ta’tilni biz bilan birgalikda o‘tkazing! Oromgohimiz sizni chorlab qoladi!

—
Reklama
Reklama