oromchi
← Katalogga qaytish
🎪 Bolalar lagerlariNamangan viloyati
"OFTOBCHA" oromgohi

"OFTOBCHA" oromgohi

Batafsil

"OFTOBCHA" oromgohi – 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi. U Namangan viloyati Pop tumanida, tabiati go‘zal va ekologik toza hududda joylashgan. Oromgoh bir vaqtning o‘zida 200 nafar bolani qabul qilish imkoniyatiga ega. Oromgoh hududi ko‘p yillik daraxtlar bilan qurshalgan bo‘lib, bolalarning sog‘lom dam olishlari va rivojlanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Turar joylar 10–16 kishilik shinam va zamonaviy xonalardan iborat bo‘lib, qulaylik va xavfsizlik tamoyillariga asoslangan. Bolalar uchun kuniga 5 mahallik ovqatlanish tashkil etilgan. Xavfsizlik masalasiga alohida e’tibor qaratilgan – oromgohda videokuzatuv tizimlari faoliyat ko‘rsatadi, shuningdek, Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tomonidan kunu-tun navbatchilik tashkil etilgan. Tajribali, mehribon va jonkuyar tarbiyachilar hamda yetakchilar bolalar uchun har kuni ijodiy mashg‘ulotlar, mahorat darslari, sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar va turli to‘garaklarni tashkil etishadi. To‘garaklar qatorida: Rassomchilik Lego Kibersport Musiqa Adabiyot va sahna san’ati kabi mashg‘ulotlar Bolalar tennis, voleybol, basketbol, futbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlari, basseynda cho‘milishlari, yozgi kinoteatr, kutubxona va shou dasturlardan foydalanishlari mumkin. "OFTOBCHA" oromgohi – nafaqat dam olish, balki sizning farzandingiz uchun rivojlanish va yangi do‘stlar orttiradigan maskandir.

Qulayliklar

🔌 Elektr· bepul🅿️ Avtoturargoh· bepul📶 Wi-Fi· bepul🎬 Kinoteatr· bepul🏓 Stol tennisi· bepul🏋️ Sport zali· bepul❄️ Konditsioner· bepul🔥 Isitish· bepul🚿 Dush· bepul📚 Kutubxona· bepul🐣 Bolalar basseyni· bepul🍳 Oshxona· bepul🏊 Basseyn· bepul

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q. Birinchi bo‘ling!

Yangilangan: 9-noyabr, 2026

Reklama