Jizzax viloyatidagi bolalar lagerlari
Tabiatdagi bolalar lagerlari: smenalar, dasturlar, dam olish.
Topildi: 3 ta joy

"SHAROF RASHIDOV" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Oromgohda barcha standartlarga mos ravishda qurilgan shinam yotoqxonalar, keng va yorug‘ oshxona, sport maydonchalari, stol tennisi, basseyn mavjud. "SHAROF RASHIDOV" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi uzoq yillardan buyon bolalarning maroqli dam olishlari uchun xizmat qilib kelmoqda. Oromgohda barcha standartlarga mos ravishda qurilgan shinam yotoqxonalar, keng va yorug‘ oshxona, sport maydonchalari, stol tennisi, basseyn mavjud. Bu yerda bolalar qiziqarli sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari hamda to‘garaklarda ishtirok etib, o‘z dunyoqarashlarini yanada boyitib borishlari mumkin. Oromgoh joylashgan hududning yashillikka burkangan tabiati barchaga birdek manzur bo‘lishiga hech shubha yo‘q. Baland va viqorli tog‘lar, sharqirab oquvchi soy, ko‘p yillik mevali va manzarali daraxtlar, yoqimli hidlarga boy, turli-tuman gullar va toza ob-havosi insonga kayfiyat bag‘ishlaydi. Bundan tashqari tajribali tarbiyachi va yetakchilar farzandlaringiz uchun turli xil mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlarni o‘tkazib borsalar, tibbiyot xodimlari ularning salomatligini, ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar xodimlari ularning xavfsizligi ta’minlaydilar. Oromgohimizda farzandlaringiz uchun 12 kunlik maroqli hordiqni kafolatlaymiz!!!

Enerji bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Dam oluvchi bolalarning har bir daqiqasini samarali o‘tkazishi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, to‘garaklar, konsert dasturlari doimiy tashkil etib boriladi. Xushmanzara, go‘zal va betakror tabiati, salqin va musaffo havosi bilan ajralib turuvchi "ENERJI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bolalarni qabul qilish uchun tayyor. Mazali va to‘yimli taomlarga ega oshxona, dunyo va o‘zbek yozuvchilarining badiiy asarlariga boy kutubxona, futbol, voleybol, basketbol maydonchalari, stol tennisi, basseyn hamda keng va yorug‘ yotoqxonalar xizmatingizda. Dam oluvchi bolalarning har bir daqiqasini samarali o‘tkazishi uchun turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, to‘garaklar, konsert dasturlari doimiy tashkil etib boriladi. Shu bilan birgalikda, ko‘p yillik daraxtlar, sharqiroq soylar oromgohga toza havo va yoqimli salqinlikni bag‘ishlaydi. Mahoratli dizaynerlar tomonidan ishlangan landshaftlardagi multfilm qahramonlari va turli hayvonlarning haykalchalari ham bolalarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Oromgohning tajribali shifokorlari hamda malakali pedagogik jamoasi tomonidan bolalarning maroqli va mazmunli dam olishlari kafolatlanadi. Ularning salomatligi, tozaligi, orastaligi, ovqatlanish tartibi shifokorlar, xavfsizligi esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarining doimiy nazoratida bo‘ladi. Oromgohimiz farzandlaringiz uchun muntazir!!!

Yulduzcha dam olish va sog‘lomlashtirish maskani
Bolalarning oromgohda o‘tayotgan kunlari bir-birini takrorlamasligi, kun dasturidagi tadbirlarning qiziqarli tarzda tashkil qilinishi va xavfsiz dam olishlarini kafolatlaymiz. Zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan ushbu “YULDUZCHA” dam olish va sog‘lomlashtirish maskani tabiatining o‘zgachaligi va yoqimliligi bilan boshqa oromgohlardan ajralib turadi. Ayniqsa, shinam yotoqxonalar, keng va yorug‘ oshxona, turli xil sport maydonchalari, ko‘rkam suv havzasi, bolalarning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish uchun mo‘ljallangan katta va boy kutubxona oromgohni bolalarning sevimli dam olish maskaniga aylanishiga xizmat qilmoqda. Oromgohning malakali pedagog xodimlari tomonidan yozgi ta’tilda o‘quvchi yoshlarni ma’nan barkamol, yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni qamrab olgan holda turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, to‘garaklar, ko‘rik-tanlovlar tashkil qilinib, ularga barcha bolajonlar qamrab olinadi. Bolalarning oromgohda o‘tayotgan kunlari bir-birini takrorlamasligi, kun dasturidagi tadbirlarning qiziqarli tarzda tashkil qilinishi, salomatligi va xavfsiz dam olishlarini kafolatlaymiz. Biz Sizlarni oromgohimizda kutib qolamiz!!!





