oromchi
← Katalogga qaytish
🎪 Bolalar lagerlariFarg‘ona viloyati
Qo`qon bolalar oromgohi

Qo`qon bolalar oromgohi

Batafsil

Bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib qurilgan 2 xil o‘lchamdagi basseyn ayniqsa, dam oluvchilarning jonu-dili hisoblanadi. Bolalar bu oromgohda nafaqat dam oladilar, balki, shahardagi o‘quv markazlari, kutubxonalar, hunarmandlik uyushmalari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining olimlari ishtirokida davra suhbatlari, “Zakovat”, “Bilim-ring”, “Debat” kabi bahs-munozaralarda ishtirok etib, o‘z bilimlarini mustahkamlab boradilar. Qo‘qon azaldan san’atkorlar, olimu-fozillar, yozuvchi-shoirlar yurti bo‘lganligi uchun, har mavsumda albatta shahar markazidagi muhtasham teatr binosiga Muqimiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, yoshlar bog‘i, Xudoyorxon o‘rdasi, Allomalar muzeyi kabi tarixiy obidalarga sayoxatlar tashkillashtiriladi. O‘zbekiston Xalq artisti, teatr va kino darg‘asi Shafoatxon Raxmatullayeva, O‘zbekiston Qahramoni Manzuraxon Madaliyeva, xushovoz xonandalar Mansurxon Nurmatov, Oybek O‘lmasov, Shaxlo Maxmudova, Olimjon Ne’matjonovlarning ijodiy uchrashuvlari, barkamol avlod markazi qoshidagi aviasozlik, robototexnika kabi to‘garak a’zolarining, Toshkent Madaniyat va San’at instituti talabalari, musiqa va san’at maktabi ijodkorlari, sirk san’ati va Qo‘qon dorbozlari, polvonlaru-masxarabozlarning oromgohga tashriflari bolajonlar uchun unutilmas sanalar bo‘lib qolishiga shubha yo‘q. Oromgox atrofi to‘liq o‘ralgan bo‘lib, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. Bundan tashqari 10 ta joydan videokuzatuv kameralari doimiy ishlab turadi.

Qulayliklar

🔌 Elektr· bepul🅿️ Avtoturargoh· bepul📶 Wi-Fi· bepul🏋️ Sport zali· bepul🏓 Stol tennisi· bepul🏥 Tibbiyot· bepul📚 Kutubxona· bepul🚿 Dush· bepul🔥 Isitish· bepul❄️ Konditsioner· bepul🧸 Bolalar maydonchasi· bepul🐣 Bolalar basseyni· bepul🍳 Oshxona· bepul🏊 Basseyn· bepul

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q. Birinchi bo‘ling!

Yangilangan: 9-noyabr, 2026

Reklama