
Quvasoy Bolalar oromgohi
Batafsil
Oromgohda tajribali yetakchilar va tarbiyachilar, to‘garak rahbarlari bolalar uchun turli xil mashg‘ulotlar, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, mohir qo‘llar, ingliz va rus tilini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Dam oluvchilar 12 kun mobaynida konsertlar va spektakllar, yozgi kinoteatr, kutubxona va dam olish joylaridan bahramand bo‘ladilar. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni qiziqarli sarguzashtlar makoni bo‘lmish "QUVASOY" oromgohida kutamiz! Bizning oromgohimiz faqat Quvasoyliklar uchun emas, balki Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyuruvchi bolajonlar uchun mo‘ljallangan. Shuni unutmagan holda yo‘llanmalarimizni qo‘lga kiritib qoling.
Qulayliklar
Yangilangan: 9-noyabr, 2026


