oromchi
← Katalogga qaytish
🎪 Bolalar lagerlariAndijon viloyati
“SHIFOKOR”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“SHIFOKOR” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Batafsil

Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat. “SHIFOKOR” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Andijon shahridan 22 km uzoqlikda, Buloqboshi tumanidagi “Shirmonbuloq” dam olish maskanlari atrofida, tog‘lar yon bag‘ridagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va o‘zidan nafas yo‘llari uchun toza kislorod ishlab chiqaradigan archalarga boy hududdagi 9.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, shaxmat-shashka, bandminton va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish xonalari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tashkil etiladi. Sizni “SHIFOKOR” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 1 iyundan 31 avgustgacha bo‘lgan oraliqda 12 kunlik dastur asosida tashkil etiladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

Takliflar va narxlar

Kirish va boshqa1

6 ta yotoqxonali shinam xonalardan iborat
🎟 Kirish chiptasi👥 10 mehmon

6 ta yotoqxonali shinam xonalardan iborat

Oromgohda bolajonlar uchun 6 ta yotoqxona binosi mavjud bo‘lib, binolar 40 nafar va 50 nafar bolajonlar uchun shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi.

1 050 000 so‘m
/ bir kishidan
📞 Bogʻlanish

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q. Birinchi bo‘ling!

Yangilangan: 9-noyabr, 2026

Reklama