oromchi
← Katalogga qaytish
🎪 Bolalar lagerlariFarg‘ona viloyati
“OLTIARIQ”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“OLTIARIQ” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Batafsil

Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 8-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida ekotroplar yotqizilgan. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “OLTIARIQ” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

Qulayliklar

🏊 Basseyn· bepul🍳 Oshxona· bepul🐣 Bolalar basseyni· bepul🧸 Bolalar maydonchasi· bepul❄️ Konditsioner· bepul🔥 Isitish· bepul🚿 Dush· bepul📚 Kutubxona· bepul🏥 Tibbiyot· bepul🏋️ Sport zali· bepul🏓 Stol tennisi· bepul🎬 Kinoteatr· bepul🅿️ Avtoturargoh· bepul🔌 Elektr· bepul📶 Wi-Fi· bepul

Takliflar va narxlar

Kirish va boshqa1

Har bir xona 8–12 kishilik qilib jihozlangan
🎟 Kirish chiptasi👥 12 mehmon

Har bir xona 8–12 kishilik qilib jihozlangan

Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi.

945 000 so‘m
/ bir kishidan
📞 Bogʻlanish

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q. Birinchi bo‘ling!

Yangilangan: 9-noyabr, 2026

Reklama