oromchi
← Katalogga qaytish
🎪 Bolalar lagerlariBuxoro viloyati
Romitan Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Romitan Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Batafsil

Oromgoh dam oluvchilari uchun tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan mavsum davomida turli xil to‘garaklar, mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlar tashkillashtiriladi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual, intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. "Romitan" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarni o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish, turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirishini ta’minlaydi. Bolalarga kuniga besh maxal ovqat taklif qilinadi. Oromgoh dasturi turizm, sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bolalar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari, harbiylar, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi. Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sanitariya-gigiyena standartlariga javob beradi. Biz oromgohda bolajonlarning vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz! Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

Qulayliklar

📶 Wi-Fi· bepul🔌 Elektr· bepul🎬 Kinoteatr· bepul🏓 Stol tennisi· bepul🏋️ Sport zali· bepul🎤 Karaoke· bepul🏥 Tibbiyot· bepul📚 Kutubxona· bepul🚿 Dush· bepul🔥 Isitish· bepul❄️ Konditsioner· bepul🐣 Bolalar basseyni· bepul🧸 Bolalar maydonchasi· bepul🍳 Oshxona· bepul🏊 Basseyn· bepul

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q. Birinchi bo‘ling!

Yangilangan: 9-noyabr, 2026

Reklama