oromchi

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi bolalar lagerlari

Tabiatdagi bolalar lagerlari: smenalar, dasturlar, dam olish.

Topildi: 5 ta joy

“AYDIN JOL”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“AYDIN JOL” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“AYDIN JOL” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Taxiatosh tumani markazidan 2 km uzoqlikda, katta kanal bo‘yidagi go‘zal hududda joylashgan. Ko‘p yillik daraxtlar bilan to‘ldirilgan 7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Shu bilan birga, turar joylar bolalar uchun qulayliklarga ega, 10-16 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida tasdiqlangan taomnoma asosida kuniga 5 mahal taomlar sanitariya gigiyena talablariga mos holda taqdim etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bolalar xavfsizligi uchun tunu-kun navbatchilik tashkil etiladi. Tajribali va mehridaryo yetakchi hamda tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlari, sport musobaqalarini o‘tkazib boradilar. Shuningdek, dasturlar qatorida bolalarning intellektual, mantiqiy fikrlashini mustahkamlaydigan tadbirlar yangicha yondashuvlar bilan olib boriladi. To‘garak rahbarlari bolalarning bo‘sh vaqtlarini musiqa, milliy o‘yinlar, kibersport, rassomchilik san’ati kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan tashkil qiladilar. Bolalar sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bolalarning dam olishlari uchun diskoteka, shou va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar uchun maxsus dasturlar tayyorlanadi. Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentiga qarashli Taxiatosh tumanida joylashgan “AYDIN JOL” oromgohi o‘z faoliyatini 1986-yildan buyon yuritib kelmoqda.

—
“OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi

“OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Mo‘ynoq tumani markazidan 18 km uzoqlikda, ekologik toza hududda joylashgan. Archa daraxtlariga boy 12,7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar qulayliklarga ega, 6-8 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal bir-biridan mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik tashkil qilinadi. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’ati kabilar shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, turli tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “OQ KEMA” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

—
“Turon” oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“Turon” oromgohi

“Turon” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Nukus shahri markazidan 13 km uzoqlikda, shahar chekkasida, ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik chinorlar bilan to‘ldirilgan 2,8 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar yozgi cherdaklar ostida, yoz mavsumida salqin bo‘ladigan qulayliklarga ega. Ovqatlanish xonasida namuna taomnoma asosida, autsorsing xizmati tomonidan kuniga 5 mahal mazali va bir-biridan foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik tashkil qilingan. “TURON” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bolalar uchun qiziqarli tadbirlarni taklif etadi. Shu bilan birga sport musobaqalari, hunarmandchilik mashg‘ulotlari, zakovat o‘yinlari va ijodiy, madaniy tomoshalar tashkil etiladi. Tajribali va mehridaryo tarbiyachi hamda yetakchilarimiz bolalarning o‘z imkoniyatlarini rivojlantirish, yangi do‘stlar orttirish, yangi ijtimoiy muhitga tez moslashish kabi qobiliyatlarini shakllantiradilar. Unutilmas lahzalarni jamoa bilan birgalikda yaratishlari mumkin bo‘lgan bir-biridan qiziqarli harakatli o‘yinlar va kechalar tashkil etib boradilar.

—
“OQ KABUTAR” oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“OQ KABUTAR” oromgohi

"OQ KABUTAR" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, To‘rtko‘l shahridan 14 km uzoqlikdagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik chinorlarga ega 3.05 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar ko‘plab qulayliklarga ega, 2-8 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bolalar xavfsizligi uchun tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xildagi mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, rassomchilik san’ati shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Futbol va voleybol maydonchalari bolalar uchun tayyor. Undan tashqari, Xiva shahriga hamda boshqa diqqatga sazovor obidalarni tomosha qilish uchun sayohatlar tashkil qilinadi. Dam oluvchi bolajonlar ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar hamda teatr aktyorlari ishtirokida qiziqarli tadbirlar tayyorlanadi. “OQ KABUTAR” oromgohimizda bolalarning maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, malakali va o‘z kasbning fidoiy tarbiyachi va yetakchilar bolalar bilan birga ajoyib, bir-biridan qiziqarli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga doimo shay. Oromgoh suv havzalari, bolalar o‘yingohi, futbol maydonchasi, shu bilan birga madaniy tadbirlar uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan.

—
“OROL BOLALARI” oromgohi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi

“OROL BOLALARI” oromgohi

“OROL BOLALARI” oromgohi tumandagi sathi 22 km2 keladigan, so‘lim “Aqchako‘l” sohilida joylashgan. 240 o‘ringa mo‘ljallangan oromgohda har yilgi mavsumda 5 ta navbatda 1200 nafar bolalar dam oldiriladi. Qulay transport kommunikatsiyalariga ega, tuman markazidan 6 km masofada joylashgan oromgohning hududi jami 8.76 gektarni tashkil etadi. Oromgoh hududi to‘liq ko‘kalamzorlashtirilgan va mevali hamda manzarali daraxtlarga boy hisoblanadi. Ekologik toza hududda bolajonlaringizni dam oldirishni istasangiz, albatta bizning oromgohni tanlashga chorlab qolamiz! Sizlarni qiziqarli tadbir va dasturlarga boy, interfaol o‘yinlarga hamda madaniy hordiq chiqarishga chorlab qolamiz! Bolajonlarni turli sport musobaqalari, yangi do‘stlar, yangi kreativ va intellektual o‘yinlar, bilimlar bellashuvlari, keng maydonchada tashkil etiladigan qiziqarli marafonlar kutib turibdi! Butun mavsum davomida tajribali, o‘z kasbining fidoiylari va eng asosiysi mehrli tarbiyachi va yetakchilar bolajonlar bilan birga bo‘lishadi.

—
Reklama
Reklama