oromchi

Buxoro viloyatidagi bolalar lagerlari

Tabiatdagi bolalar lagerlari: smenalar, dasturlar, dam olish.

Topildi: 6 ta joy

Buxoro  bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

Buxoro bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

“BUXORO” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida mavsum davomida jami 1500 nafardan ziyod bolalar dam oladilar. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ushbu maskanda korxona va tashkilotlar xodimlarining farzandlari bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazadilar. Takidlash joizki, oromgoh Buxoro shaxrining eng so‘lim, baxavo maskanida, juda qulay manzilda joylashgan. Bu yerda bolajonlar uchun barcha zamonaviy kulayliklar mavjud. Bolalarning maroqli dam olishlari uchun oromgoh raxbariyati va tarbiyachilari tomonidan katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Farzandlarimizning dam olishlari bilan birga ularga turli xil mavzularda bilim va ko‘nikmalar o‘rgatish xam yaxshi yulga qo‘yilgan. Oromgoxda fan, badiiy ijodiyot, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklari, ijodiy festivallar va ko‘rgazmalar, ijtimoiy aksiyalar, turistik sayoxatlar hamda sport musobaqalari bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlarida muxim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari dam olish maskanidagi zamonaviy amfiteatr, sport maydonchalari, suzish havzasi bolajonlar uchun muntazir. Juda ko‘p kitob fondiga ega axbarot-resurs markazi bolalarning sevimli maskaniga aylanadi. Raqs, rassomchilik, kompyuter texnologiyalari, mohir qo‘llar to‘garaklari ularning bilimini oshirish va qiziqishi bo‘yicha hunar o‘rganishda keng imkoniyat yaratadi. Hulosa qilib aytganda, ta’til - bolalarning miriqib dam olishlari, turli tadbirlarda ishtirok etib, ijodiy va tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga keng imkon beruvchi davr. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ushbu maskanning ham o‘rni muhim hisoblanadi.

—
“BOLALAR SAYYORASI” oromgohi
Buxoro viloyati

“BOLALAR SAYYORASI” oromgohi

Oromgoh dam oluvchilari uchun tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan mavsum davomida turli xil to‘garaklar mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlar tashkillashtiriladi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi turli xil dasturlarni, shu jumladan ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol va intellektual intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. “BOLALAR SAYYORASI” oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT va boshqa tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish, turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. Oromgoh dasturi turizm sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarga o‘z dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bolalar ishtirokida harbiylar, ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan vatanparvarlik tadbirlari hamda uchrashuvlar tashkil qilinadi. Oromgoh barcha zarur sanitariya-gigiyena va xavfsizlik standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda bo‘lganlarida vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz. Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

—
“PESHKU” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

“PESHKU” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“PESHKU” bolalar oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, tuman markazidan 3-4 km uzoqlikda, anhor bo‘yidagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik archa, chinor va mevali daraxtlar bilan qoplangan 4 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 12-14 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 4 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan. Oromgohda malakali tarbiyachi va yetakchilar, musiqa, sport, suzish murabbiylari bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va madaniy tadbirlarni o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, qo‘l ishi san’atlari va boshqalar shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsert va spektakllar uchun maxsus joylar, o‘yin va sport maydonchalari, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Oromgohdagi ajoyib bog‘da yozgi mavsumda turli-tuman mevalar g‘arq pishadi.

—
"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

"QUYOSH NURI" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT-darslik kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarga o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish hamda turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirish imkonini beradi. Bolalar kuniga besh maxal issiq va shirin ovqatlardan bahramand bo‘ladilar. Oromgoh dasturi qiziqarli joylarga sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Vatanparvarlik tadbirlari doirasida harbiylar, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va salomatlik standartlariga javob beradi. Biz bolajonlarni oromgohda vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz! Oromgohdagi muhit 7-14 yoshli bolalar uchun ajoyib dam olish va sog‘lomlashtirish imkoniyatini beradi. Oromgohning sig‘imi 150 nafar bolani tashkil etadi. 8 gektar maydonda shinam turar joylar, bog‘, sport maydonchalari, konsertlar sahnasi va basseyn mavjud. Tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlarni o‘tkazadilar. Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

—
Romitan Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

Romitan Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

Oromgoh dam oluvchilari uchun tajribali yetakchi va tarbiyachilar tomonidan mavsum davomida turli xil to‘garaklar, mahorat darslari, o‘yinlar, sayohatlar va kechki tadbirlar tashkillashtiriladi. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ko‘ngilochar, madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini taklif etadi. Smena davomida bolalar faol, intellektual, intensiv muhitda vaqt o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Oromgoh jamoasi bolalar xavfsizligini ta’minlaydigan va turli tadbirlarni olib boradigan tajribali professional xodimlardan iborat. "Romitan" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida sport, ijod, tabiat, kitobxonlik, IT kabi tematik tadbirlar o‘tkaziladi. Bu bolalarni o‘zlarini turli sohalarda sinab ko‘rish, turli to‘garaklar va sevimli mashg‘ulotlarda o‘zlarini rivojlantirishini ta’minlaydi. Bolalarga kuniga besh maxal ovqat taklif qilinadi. Oromgoh dasturi turizm, sayohatlarni o‘z ichiga oladi. Bu bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi dunyo haqida yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bolalar ishtirokida vatanparvarlik tadbirlari, harbiylar, Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi. Oromgoh barcha zarur xavfsizlik va sanitariya-gigiyena standartlariga javob beradi. Biz oromgohda bolajonlarning vaqtlarini maroqli o‘tkazishlarini kafolatlaymiz! Yoz mavsumida biz bilan birga bo‘ling!

—
“ZAKOVAT” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi
Buxoro viloyati

“ZAKOVAT” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi

“ZAKOVAT” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi har bir mavsumda 1200 nafar bolani o‘z bag‘riga qabul qiladi. Oromgohda bolalarning mazmunli dam olishi uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan. 3 ta zamonaviy stadion, tennis kortlari, basseynlar, sport maydonchalari va shinam dam olish hududlari farzandlarimiz uchun xizmat qiladi. Bu yerda har bir bola nafaqat dam oladi, balki yangi do‘stlar orttiradi, o‘z iqtidorini namoyon qiladi va unutilmas xotiralarga ega bo‘ladi. Turli sport musobaqalari, qiziqarli tadbirlar, intellektual o‘yinlar va ijodiy mashg‘ulotlar bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etadi. “ZAKOVAT” — bu quvonch, do‘stlik va baxtli bolalik maskani! Farzandingizga unutilmas yozgi taassurotlar ulashing! “ZAKOVAT” oromgohi sizni chorlaydi!

—
Reklama
Reklama