
“OQ KABUTAR” oromgohi
Batafsil
"OQ KABUTAR" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, To‘rtko‘l shahridan 14 km uzoqlikdagi ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p yillik chinorlarga ega 3.05 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar ko‘plab qulayliklarga ega, 2-8 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 mahal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bolalar xavfsizligi uchun tunu-kun navbatchilik tashkil qilingan. Har kuni tajribali yetakchi va tarbiyachilar bolalar uchun turli xildagi mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, rassomchilik san’ati shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbolva futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Futbol va voleybol maydonchalari bolalar uchun tayyor. Undan tashqari, Xiva shahriga hamda boshqa diqqatga sazovor obidalarni tomosha qilish uchun sayohatlar tashkil qilinadi. Dam oluvchi bolajonlar ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar hamda teatr aktyorlari ishtirokida qiziqarli tadbirlar tayyorlanadi. “OQ KABUTAR” oromgohimizda bolalarning maroqli dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, malakali va o‘z kasbning fidoiy tarbiyachi va yetakchilar bolalar bilan birga ajoyib, bir-biridan qiziqarli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga doimo shay. Oromgoh suv havzalari, bolalar o‘yingohi, futbol maydonchasi, shu bilan birga madaniy tadbirlar uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar bilan ta’minlangan.
Qulayliklar
Yangilangan: 13-noyabr, 2026


