oromchi

Farg‘ona viloyatidagi bolalar lagerlari

Tabiatdagi bolalar lagerlari: smenalar, dasturlar, dam olish.

Topildi: 9 ta joy

“SHO‘XAY” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Farg‘ona viloyati

“SHO‘XAY” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“SHO‘XAY” 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi, Farg‘ona viloyati, Furqat tumani, G‘uncha Sho‘xay qishlog‘ida ekologik toza hududda joylashgan. Ko‘p asrlik chinorlar va daraxtlarga boy bo‘lgan 1.2 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda stol tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida maxsus yo‘laklar mavjud. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatri, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “SHO‘XAY” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi.

dan 1 500 000 so‘m / bir kishidan
"SO‘X" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Farg‘ona viloyati

"SO‘X" bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

"SO‘X" oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Farg‘ona shahridan 96 km uzoqlikda, tog‘lar etagidagi ekologik toza hududda joylashgan. So‘x daryosi yonidagi 4.9 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 10 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda stol tennisi, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni "SO‘X" oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"TOVUL”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Farg‘ona viloyati

"TOVUL” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Turar joylar qulayliklarga ega bo‘lib, shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan va Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar: aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari va boshqalar. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda stol tennis, voleybol, basketbol, futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida maxsus yo‘laklar mavjud. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “TOVUL” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz! Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkillashtiriladi. Biz bolajonlarni oromgohimizda kutamiz!

—
"BILIMDON” bolalar oromgohi
Farg‘ona viloyati

"BILIMDON” bolalar oromgohi

Oromgoh bir smenada 7-14 yoshdagi 200 nafar bolalarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Farg‘ona viloyatidagi “BILIMDON” bolalar oromgohi Farg‘ona tumani Log‘on qishlog‘ining so‘lim va baxavo joyida, Farg‘ona shahridan 15 km masofada joylashgan. Oromgoh bir smenada 7-14 yoshdagi 200 nafar bolalarni qabul qilish imkoniyatiga ega. Oromgoh hududi umumiy 9 gektardan ziyodroq bo‘lib, uning hududidagi bog‘da turli mevali va manzarali daraxtlar mavjud. Oromgohda zamon talablariga javob beradigan yotoqxonalar, oshxona, sport maydonlari, basseyn, kutubxona va amfiteatr mavjud. Yotoqxonalarning barchasi konditsioner va televizor bilan jixozlangan, xojatxona va yuvinish xonalari bino ichida joylashgan. Oromgohda bolalar uchun alohida to‘garaklar binosi mavjud bo‘lib, u yerda 10 dan ortiq zamonaviy to‘garaklar faoliyat olib olib boradi. Oromgohga har yilgi mavsumda tajribali tarbiyachi va pedagoglar jalb etiladi. Oromgohda 24/7 tartibida qo‘riqlash va tibbiy xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Bolalarga 12 kunlik dastur bo‘yicha har kuni tadbirlar, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Ushbu dasturlar bolalarning dunyoqarashini kengaytirish va atrofdagi yangi tarixiy bilimlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Bolajonlar uchun eng qiziqarli, quvnoq va esda qolarli yozgi dam olish “BILIMDON” oromgohda!

—
“OLTIARIQ”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi
Farg‘ona viloyati

“OLTIARIQ” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Turar joylar barcha qulayliklarga ega bo‘lib, 8-12 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida kuniga 5 maxal mazali va foydali taomlar taklif etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan hamda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodimlari tunu-kun bolalar xavfsizligi uchun navbatchilik qilishadi. Har kuni tajribali yetakchilar va tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, robototexnika, qo‘l san’atlari shular jumlasidandir. Sport ixlosmandlari bizning sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol va futbol bilan shug‘ullanishlari mumkin. Piyoda yurish uchun oromgoh hududida ekotroplar yotqizilgan. Dam oluvchilarning ixtiyorida konsertlar va spektakllar tomosha qilish joylari, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni “OLTIARIQ” oromgohida yozgi sarguzashtda kutamiz!

dan 945 000 so‘m / bir kishidan
Qo`qon bolalar oromgohi
Farg‘ona viloyati

Qo`qon bolalar oromgohi

Bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olib qurilgan 2 xil o‘lchamdagi basseyn ayniqsa, dam oluvchilarning jonu-dili hisoblanadi. Bolalar bu oromgohda nafaqat dam oladilar, balki, shahardagi o‘quv markazlari, kutubxonalar, hunarmandlik uyushmalari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining olimlari ishtirokida davra suhbatlari, “Zakovat”, “Bilim-ring”, “Debat” kabi bahs-munozaralarda ishtirok etib, o‘z bilimlarini mustahkamlab boradilar. Qo‘qon azaldan san’atkorlar, olimu-fozillar, yozuvchi-shoirlar yurti bo‘lganligi uchun, har mavsumda albatta shahar markazidagi muhtasham teatr binosiga Muqimiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, yoshlar bog‘i, Xudoyorxon o‘rdasi, Allomalar muzeyi kabi tarixiy obidalarga sayoxatlar tashkillashtiriladi. O‘zbekiston Xalq artisti, teatr va kino darg‘asi Shafoatxon Raxmatullayeva, O‘zbekiston Qahramoni Manzuraxon Madaliyeva, xushovoz xonandalar Mansurxon Nurmatov, Oybek O‘lmasov, Shaxlo Maxmudova, Olimjon Ne’matjonovlarning ijodiy uchrashuvlari, barkamol avlod markazi qoshidagi aviasozlik, robototexnika kabi to‘garak a’zolarining, Toshkent Madaniyat va San’at instituti talabalari, musiqa va san’at maktabi ijodkorlari, sirk san’ati va Qo‘qon dorbozlari, polvonlaru-masxarabozlarning oromgohga tashriflari bolajonlar uchun unutilmas sanalar bo‘lib qolishiga shubha yo‘q. Oromgox atrofi to‘liq o‘ralgan bo‘lib, Milliy gvardiya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. Bundan tashqari 10 ta joydan videokuzatuv kameralari doimiy ishlab turadi.

—
Vodiy Gavxari oromgohi
Farg‘ona viloyati

Vodiy Gavxari oromgohi

12 kun davomida belgilangan dastur va milliy qadriyatlar asosida farzandlaringiz uchun maroqli va qiziqarli dam olish tashkil etiladi. Xurmatli dam oluvchilar! Bizning "Vodiy gavxari" oromgoximiz o‘zining manzarali tabiati, tiniq va shaffof suvli basseyni, qiziqarli mashg‘ulotlar uchun maydonchalari, shinam xonalari, bolajonlarimizni maroqli dam olishlari uchun barcha sharoitlari bilan ajralib turadi. Oromgohimizda aktyorlik mahoratlarini oshirish uchun tadbirlar o‘tkazish saxnalari mavjud. Shuningdek, tajribali tarbiyachi va yetakchilar, sport mutaxassislari, ingliz tili, rus tili, musiqa, mohir qo‘llar to‘garaklari rahbarlari hamkorlikda kelajak yoshlarimiz uchun xizmat kiladilar. 12 kun davomida belgilangan dastur va milliy qadriyatlar asosida farzandlaringiz uchun maroqli va qiziqarli dam olish tashkil etiladi. Sizni bag‘rikeng, bilimli va mas’uliyatli oromgoh xizmatchilari kutib qoladi!

—
Rishton Bolalar oromgohi
Farg‘ona viloyati

Rishton Bolalar oromgohi

Xudud atrofi baland devorlar bilan o‘ralganligi bolalar xavfsizligini yanada kuchaytiradi va qolaversa Ichki ishlar boshqarmasi hamda Milliy gvardiya bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan navbatchilik tunu-kun ishlab turadi. Mahoratli tarbiyachilar tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bolajonlar bilimini yanada oshiradi. Oromgohimizda to‘garaklar ham yo‘lga qo‘yilgan, ulardan albatta samarali foydalaning. IT mutaxassisi, shaxmat, shashka, katta tennis, badminton, mental arifmetika, kulolchilik ustalaridan namunalar hamda ular bilan ishlab ko‘rish sizga zavq bag‘ishlaydi. Dam oluvchi bolalarimiz uchun oromgoh xududidagi futbol maydoni, suzish xavzasi, kechki musiqiy dasturlar, teatrlashtirilgan mazmunli chiqishlar maxsus dasturlarimizdan o‘rin olgan. Sizni “RISHTON” bolalar oromgohida yozgi ta’tilda kutib qolamiz! Smenalar 12 kunlik dastur asosida tashkil etiladi. Sizlarni kutamiz

—
Quvasoy Bolalar oromgohi
Farg‘ona viloyati

Quvasoy Bolalar oromgohi

Oromgohda tajribali yetakchilar va tarbiyachilar, to‘garak rahbarlari bolalar uchun turli xil mashg‘ulotlar, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlarini o‘tkazadilar. Aktyorlik, musiqa, xoreografiya, mohir qo‘llar, ingliz va rus tilini o‘rganish bo‘yicha mashg‘ulotlar shular jumlasidandir. Dam oluvchilar 12 kun mobaynida konsertlar va spektakllar, yozgi kinoteatr, kutubxona va dam olish joylaridan bahramand bo‘ladilar. Har kuni oromgohda bolalar ishtirokida diskoteka, tanlovlar va ko‘ngilochar shoulardan iborat maxsus dasturlar tayyorlanadi. Sizni qiziqarli sarguzashtlar makoni bo‘lmish "QUVASOY" oromgohida kutamiz! Bizning oromgohimiz faqat Quvasoyliklar uchun emas, balki Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyuruvchi bolajonlar uchun mo‘ljallangan. Shuni unutmagan holda yo‘llanmalarimizni qo‘lga kiritib qoling.

—
Reklama
Reklama