oromchi
← Katalogga qaytish
🎪 Bolalar lagerlariQoraqalpog‘iston Respublikasi
“AYDIN JOL”  bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

“AYDIN JOL” bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi

Batafsil

“AYDIN JOL” oromgohi 7-14 yoshli bolalar uchun yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘lib, Taxiatosh tumani markazidan 2 km uzoqlikda, katta kanal bo‘yidagi go‘zal hududda joylashgan. Ko‘p yillik daraxtlar bilan to‘ldirilgan 7 gektar maydon ajoyib dam olish uchun qulay muhit yaratadi. Shu bilan birga, turar joylar bolalar uchun qulayliklarga ega, 10-16 kishilik shinam xonalardan iborat. Ovqatlanish xonasida tasdiqlangan taomnoma asosida kuniga 5 mahal taomlar sanitariya gigiyena talablariga mos holda taqdim etiladi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan. Ichki ishlar, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan bolalar xavfsizligi uchun tunu-kun navbatchilik tashkil etiladi. Tajribali va mehridaryo yetakchi hamda tarbiyachilar bolalar uchun turli xil mahorat darslari, ularning qiziqishlari bo‘yicha ijodiy va sport tadbirlari, sport musobaqalarini o‘tkazib boradilar. Shuningdek, dasturlar qatorida bolalarning intellektual, mantiqiy fikrlashini mustahkamlaydigan tadbirlar yangicha yondashuvlar bilan olib boriladi. To‘garak rahbarlari bolalarning bo‘sh vaqtlarini musiqa, milliy o‘yinlar, kibersport, rassomchilik san’ati kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan tashkil qiladilar. Bolalar sport maydonchalarimizda tennis, voleybol, basketbol, futbol kabi sport turlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bolalarning dam olishlari uchun diskoteka, shou va spektakllar, o‘yin va sport maydonchalari, yozgi kinoteatr, kutubxona, basseyn va dam olish joylari mavjud. Har kuni oromgohda bolalar uchun maxsus dasturlar tayyorlanadi. Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentiga qarashli Taxiatosh tumanida joylashgan “AYDIN JOL” oromgohi o‘z faoliyatini 1986-yildan buyon yuritib kelmoqda.

Qulayliklar

🅿️ Avtoturargoh· bepul🔌 Elektr· bepul📶 Wi-Fi· bepul🏋️ Sport zali· bepul🏓 Stol tennisi· bepul🎬 Kinoteatr· bepul🏥 Tibbiyot· bepul📚 Kutubxona· bepul🚿 Dush· bepul❄️ Konditsioner· bepul🧸 Bolalar maydonchasi· bepul🍳 Oshxona· bepul🏊 Basseyn· bepul

Sharhlar

Hozircha sharhlar yo‘q. Birinchi bo‘ling!

Yangilangan: 13-noyabr, 2026

Reklama