Surxondaryo viloyatidagi sanatoriylar
Davolash, mineral suvlar va sog‘lomlashtirish xizmatli sanatoriylar.
Topildi: 3 ta joy

"Xo'jaipok" sanatoriyasi
Xo‘jaipok sanatoriysi barcha zamonaviy qulayliklarga ega besh qavatli sog‘lomlashtirish-dam olish maskanini bo‘lib, ko‘p qavatli sanatoriy-sog‘lomlashtirish va dam olish binosi, 200 o‘ringa mo‘ljallangan madaniyat saroyi, 10 ming kitob fondiga ega kutubxona, turli rangda jilolanadigan favvora qurilgan. Sanatoriyda 20 dan ortiq fizoteravtik davolashga moslashtirilgan zamonaviy uskuna shuningdek, UzI, EKG va labaratoriya jihozlari o‘rnatilgan. Fitobar, yopiq basseyn mavjud. Bu yerda kardiologik, nevrologik, tayanch harakat, ginekologik, stamatologik, urologik va boshqa kasalliklarga davolanish uchun barcha sharoit yaratilgan.

"Sherobod shifo maskani" sanatoriyasi
🫁 Nafas yo‘llari kasalliklari va surunkali nafas olish muammolari 👃 Burun bo‘shlig‘i kasalliklari — masalan, rinit, sinusit va ayrim surunkali holatlar 🦴 Bel, bo‘yin, umurtqa va bo‘g‘imlar bilan bog‘liq muammolar 💪 Mushak va tayanch-harakat tizimi bilan bog‘liq holatlar 🧠 Asab tizimi va stress bilan bog‘liq ayrim holatlar 🩺 Kasallik yoki jarohatdan keyingi reabilitatsiya 🌿 Sog‘lomlashtirish va umumiy tiklanish uchun Eslatma: muolajalar har bir bemorning holatiga qarab shifokor tavsiyasi bilan belgilanadi.

Termiz Marvaridi Sanatoriysi
Sanatoriya Surxondaryo viloyati, Termiz tumani, Uchqizil Suv ombori yonida joylashgan bo'lib. Sanatoriya hududi 15 gektar maydondan iborat bo’lib. Sanatoriyada 2 ta katta, 4 qavatli binolar mavjud. Ushbu binolar yonma - yon joylashgan va bir – biri bilan birlashtrilgan. Binolar har biri 4 qavatdan iborat. Bino zamonaviy “Lift” bilan jixozlangan. Sanatoriya 222 ta dam oluvchiga bir vaqtning o’zida xizmat ko’rsata oladi. Sanatoriya hududidan 234 metr chuqurlikdan chiqadigan oltingugurtli ma’danli suvi va 432 metr chuqurlikdan chiqadigan yodobromli ma’danli suvlar mavjud. Ushbu ma’danli suvlar sanatoriyada davolanuvchi va dam oluvchi insonlar uchun vanna muolajasini o’tkazishda foydalaniladi.





